Vatan uchun millat uchun xalq uchun shiori ostida Mustaqillikning 34 yilligi munosabati bilan Umummilliy birdamlik-festivali Xiva tumanining yoshlar bog’ida gala konsert bo‘lib o‘tdi.Tadbirda Xiva tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan «Vatan uchun millat uchun xalq uchun» shiori ostida kitoblar ko’rgazmasi tashkil etildi. Tadbirda chiroyli mazmunga ega ma’ruzalar,ma‘naviyat va ma’rifatga boy bo’lgan tadbirlar ,va Mustaqillikning tarannum etuvchi kuy qo’shiqlar ijro qilindi. Festival davomida mehnat faxriylari nuroniy otaxon onaxonlar ana shunday mustaqil tinch yurtimizga shukronalar aytdilar.
