Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak ma'naviyatga erishib bo'lmaydi. Kitob o'qimagan odamning ham, millatning ham kelajaki yo'q. SH.Mirziyoyev

YANGILIKLAR

Xiva tuman Mahallalar uyushmasi bo‘limi

Xiva tuman Mahallalar uyushmasi bo‘limida Axborot Kutubxona Markazi xodimlari tomonidan Mahalla kuniga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada mahalla, oila, ma’naviyat, milliy qadriyatlar va vatanparvarlik mavzulariga oid adabiyotlar keng kitobxonlar e’tiboriga havola qilindi.

Axborot-kutubxona markazida Fozil Zohid tavalludining 100 yilligi

Axborot-kutubxona markazida Fozil Zohid tavalludining 100 yilligi munosabati bilan «Kitobxonlar» klubi a’zolari ishtirokida «Xalq sevgan shoir» mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida shoirning sermazmun hayoti va ijodiy merosi haqida ma’lumotlar berilib, uning she’rlaridan namunalar o’qildi. Ishtirokchilar shoir ijodi yuzasidan o’z fikr va mulohazalarini bildirib, mutolaaning ma’naviy kamolotdagi o’rni haqida fikr almashdilar. Tadbir kitobxonlarda milliy adabiyotimizga bo’lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.

«Yosh fermerlarni qoʻllab -quvvatlash kuni»

«Yosh fermerlar – qishloq taraqqiyoti tayanchi»

«Yosh fermerlarni qoʻllab -quvvatlash kuni»ga bagʻishlab Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Xiva tuman fermerlar kengashi boʻlimi oldida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada qishloq xo‘jaligi, fermerlik faoliyati, zamonaviy agrotexnologiyalar, tadbirkorlik va dehqonchilikka oid adabiyotlar kitobxonlar e’tiboriga havola etildi. Tadbir davomida yoshlarni fermerlikka qiziqtirish, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda sohaga oid foydali adabiyotlarni targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratildi. Ko‘rgazma ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Xiva tuman Axborot kutubxona markaziga Xiva tuman Xokimi Sardor Palvonov Maxsudovich tashrif buyurdi.

18-iyul Xiva tuman Axborot kutubxona markaziga Xiva tuman Xokimi Sardor Palvonov Maxsudovich tashrif buyurdi. Tashrif davomida hokimimiz kutubxona ish faoliyati bilan tanishib , xodimlar va kitobxonlar bilan subatlashdilar. Sardor Maxsudovich xodimlar va kitobxonlar bilan muloqat qilganda o`zlarini raxbardek emas, balki yaqin insonlardek muomula qilib ular muammosini va istaklari bilan tanishdilar. Xokimimiz, zamonamizda texnika ilgorlab borgani bilan insonlarni mutolaaga bo`lgan qiziqishi so`nmaydi. Shuni uchun xalq talabini o`rganib, ularga qulayliklar yaratish uchun kutubxona markaziga konditsioner taqdim etdilar. Tumanimiz chekka qishloq aholilariga ham kutubxona xizmati ko`rsatishni yaxshilash choralari ko`rsatishini aytib o`tdilar . Tuman Xokimiga Axborot kutubxona markazi derektori ,mutaxassislari va kitobxonlari tamonidan katta minatdorchilik bildiramiz .

«Yosh tadbirkor – kelajak bunyodkori»

«Yosh tadbirkor – kelajak bunyodkori»

16 -iyul «Yosh tadbirkorlarni qòllab quvvatlash kuni» munosabati bilan Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan «Yosh tadbirkor – kelajak bunyodkori» mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbir doirasida AKM xodimlari hududda faoliyat yuritayotgan yosh tadbirkorlarning ish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Jumladan, «Safiya Market» rahbari Ro’zmetova Charos Xamro qizi faoliyati o’rganildi. Tadbirkor 2026 yilda o’z faoliyatini yo’lga qo’yib, aholiga sifatli xizmat ko’rsatib kelmoqda.

Shuningdek, «Xiva Standart» korxonasi rahbari Qurbonov Ravshanbek bilan uchrashuv o’tkazildi. Korxona 2019-yilda tashkil etilgan bo’lib, bugungi kunda ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasida samarali faoliyat yuritmoqda.

Bundan tashqari, «Xiva Tekstil» hamda «Rayyon Market» faoliyati bilan ham yaqindan tanishilib, tadbirkorlarning mehnati, tashabbuskorligi va erishayotgan yutuqlari haqida suhbat olib borildi.

Tadbir davomida yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, ularning biznes g’oyalarini qo’llab-quvvatlash, mehnatsevarlik va izlanish orqali muvaffaqiyatga erishish mumkinligi alohida ta’kidlandi. Uchrashuv ishtirokchilarda tadbirkorlikka bo’lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.

«Yoshlar kuni»

«Yoshlar kuni» doirasida o`tkazilayotgan tadbirlar rejasiga muvofiq Xiva tuman xokimligi binosi oldida Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan yoshlar o‘rtasida kitob ko‘rgazmasi hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi 📚✨. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishni oshirishdan iborat bo‘ldi . Ko‘rgazmada o‘zbek va jahon adabiyotining saralangan asarlari, tarixiy, ilmiy-ommabop hamda badiiy kitoblar namoyish etildi 📖. Tadbir davomida kitoblar taqdimoti, kitob tavsiyalari va erkin muloqot tashkil qilinib, ishtirokchilar o‘zlari sevib mutolaa qilgan asarlar haqida fikr almashdilar . Ushbu tadbir yoshlarni bilim olishga, kitob bilan do‘st bo‘lishga va ma’naviy barkamollikka undashga xizmat qildi

Kitobxonlik – yuksalish omili

Axborot-kutubxona markazi xodimlari «Qaldirĝoch» bolalar oromgohida yoshlar o’rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa orqali ularning bilim va tafakkurini boyitish maqsadida «Kitobxonlik – yuksalish omili» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida kitobning inson hayotidagi o’rni, mutolaaning shaxs kamolotiga ta’siri hamda kitobxonlikning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Yosh kitobxonlar o’qigan kitoblari yuzasidan taassurotlari bilan o’rtoqlashdilar.

Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar qalbida kitobga mehr uyg’otish, ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda mutolaa madaniyatini yanada rivojlantirishdan iborat bo’ldi.

Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirish, kitobxonlikni keng targ’ib qilish va barkamol avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi.

Favqulodda Vaziyatlar Bòlimi xodimlari o‘rtasida kitobxonlik tanlovi bo‘lib o‘tdi

Favqulodda Vaziyatlar Bòlimi xodimlari o‘rtasida kitobxonlik tanlovi bo‘lib o‘tdi

Axborot-kutubxona markazi tomonidan Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari ishtirokida kitobxonlikni keng targ‘ib etish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda xodimlarning ma’naviy salohiyatini yuksaltirish maqsadida kitobxonlik tanlovi tashkil etildi.
Tanlov jarayonida kitobxonlar o‘zlari mutolaa qilgan badiiy asarlar yuzasidan savollarga javob berdilar, asarlarning mazmuni, g‘oyasi va qahramonlari haqida fikr almashdilar. Tadbir davomida kitob mutolaasining inson kamoloti, kasbiy faoliyat va ma’naviy barkamollikdagi o‘rni alohida ta’kidlandi.
Yakunda faol qatnashgan xodimlar munosib rag‘batlantirildi.

«Sog‘lom turmush tarzi»

«Sog‘lom turmush tarzi» 🏃‍♂️

Xiva tuman Axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan Madaniyat markazida tadbir bo`lib o`tdi . Tadbir doirasida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etilib, yoshlar mutolaaga keng jalb qilindi.

Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi. Tadbir qizg‘in savol-javoblar va tavsiyalar bilan yakunlandi.

“Vatanparvarlik – oliy burch»

Vatanparvarlik – oliy burch«

Xiva tuman Axborot-kutubxona markazida yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va yurt taqdiriga daxldorlik ruhida tarbiyalash maqsadida “Vatanparvarlik – oliy burch” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar Vatan ravnaqi uchun fidoyilik, yurt tinchligini asrash, ajdodlar merosiga munosib bo‘lish va mustaqillik ne’matini qadrlash har bir fuqaroning muqaddas burchi ekanligini ta’kidladilar. Tadbir ishtirokchilari mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning bilim olish va o‘z salohiyatini namoyon etishlari uchun yaratilgan sharoitlar haqida fikr almashdilar

Tadbir davomida mavzuga oid adabiyotlar tavsiya etilib, Vatanimiz tarixini, buyuk ajdodlarimizning jasorati va fidoyiligini aks ettiruvchi kitoblar ko‘rgazmasi namoyish etildi. Davra suhbati yoshlarning vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

ISH VAQTI:

Dushanba — Jumagacha | 9:00 — 18:00

Shanba                           | 10:00 — 17:00

Yakshanba                     | Dam olish kuni

MANZIL: 

Xorazm viloyati Xiva tumani

Shomahulum mahallasi Tinchlik ko’chasi 122 uy

BIZ BILAN BOG’LANISH:

TELEFON:

+998 (99) 053 08 40

E-MAIL:

xivatakm@gmail.com

Прокрутить вверх