Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak ma'naviyatga erishib bo'lmaydi. Kitob o'qimagan odamning ham, millatning ham kelajaki yo'q. SH.Mirziyoyev

YANGILIKLAR

Muhammad Aminxo‘ja o‘g‘li Muqimiy tavalludining 175 yilligiga

Xiva tuman axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan Muhammad Aminxo‘ja o‘g‘li Muqimiy tavalludining 175 yilligiga bag‘ishlab «Muqimiy bayozi» mavzusida davra suhbati bo’lib o‘tdi. Muqimiy 1850 yilda Qo’qonda hunarmand oilasida tug‘ilgan.U taxminan 26 yoshida «xatmi xutub «qilgan uning g’azal va murabb‘a ,muxammaslari hofizlardan so’ziga tushgan Tadbirda kitobxonlar klubi a‘zolari va kitobxonlar qatnashdi

«Davlat xizmatchilari — kutubxonada bir kun»

Xiva tuman axborot kutubxona markazi da «Davlat xizmatchilari — kutubxonada bir kun»loyihasi asosida tumandagi «Inson»ijtimoiy xizmatlar markazi bo‘limi xodimlari kutubxonaga tashrif buyurib ya’ngi adabiyotlar bilan tanishdilar va kutubxona xizmati ko‘rsatildi .

«Agar yolg’iz ersang hamdam kitobdur «

Xiva tuman axborot kutubxona markazi xodimlari kitobxonlik va kitob mutoolasini rivojlantirish maqsadida»Agar yolg’iz ersang hamdam kitobdur «mavzusida tumandagi Aholi va yoshlarni bandligini ta’minlash markazi xodimlariga yangi adabiyotlar olib borildi va kutubxona xizmati ko‘rsatildi.

«Kitobxon bo‘laylik onalar»

Xiva tuman axborot — kutubxona markazi xodimlari tomonidan mahalladagi kitobxon onalar bilan «Kitobxon bo‘laylik onalar»mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Davra suhbatida foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish bo’limi mutaxassisi S Qo‘ziyeva o‘z so’zida bola o’qimishli bo‘lishi uchun o’ta ona ham kitobxon bo‘lishi kerak.Chunki farzandimiz ulg‘ayib ,el yurt koriga yaraydigan ,yaxshi joyda ishlab farovon hayot kechiradigan hurmatga sazovor bo’lishini xohlaymiz.Albatta ,biz kattalar yosh avlodni kitobga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishda yoshlarga o’rnak bo’lishimiz darkor.

«Mening mahallam-mening faxrim»

Xiva tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Xiva tumanida «Istiqlol»mahallasida «Mening mahallam-mening faxrim» shiori ostida madaniy sayllar bo‘lib o‘tdi.Mazkur tadbir kitob mutoolasini yuksaltirish,ularni sog’lom turmush tarzida jalb qilish uch avlod vakillari o‘rtasida birdamlikni mustahkamlash muhim qadam sanaladi.Ko‘chma kutubxonada «Uch avlod -uchrashuvi» bo‘lib o‘tdi.Uchrashuvda «Nuroniy «jamg’armasi bo‘limi hamda nuroniy otaxon — onaxonlar»Oqila ayollar» harakati a‘zolari qatnashdilar.Tadbirda yangi adabiyotlardan ko’rgazmalar tashkil qilinib bilimdon,kitobxon yoshlar bilan savol javoblar qilinib g’olib bo‘lgan kitobxonlarga sovg’alar taqdim etildi.

«Payshanba huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni»

Xiva tuman Shomahulum mahallasida «Payshanba huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni» Xiva tumani huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari hamda hamkor tashkilotlar vakillari va Xiva tuman Axborot kutubxona markazi xodimlari ham kozgazmalari bilan qatnashib kitobxonlarga yangi adabiyotlar tavsiya qilindi . Kitob-inson ma‘naviyati dunyoqarashini yuksaltirish muhim manba hisoblanadi.Kitob o'qigan inson fikrlashi mulohazasi bilan ajralib turadi.shu sababdan yoshi katta va kichik kitobxonlar ozlarini kitobga bo`lgan qiziqishini namoyon qildilar. Tadbirlar doirasida uch avlod uchrashuvi, turli sport tadbirlari, bo‘lib o‘tdi.

«Vatan uchun millat uchun xalq uchun»

Vatan uchun millat uchun xalq uchun shiori ostida Mustaqillikning 34 yilligi munosabati bilan Umummilliy birdamlik-festivali Xiva tumanining yoshlar bog’ida gala konsert bo‘lib o‘tdi.Tadbirda Xiva tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan «Vatan uchun millat uchun xalq uchun» shiori ostida kitoblar ko’rgazmasi tashkil etildi. Tadbirda chiroyli mazmunga ega ma’ruzalar,ma‘naviyat va ma’rifatga boy bo’lgan tadbirlar ,va Mustaqillikning tarannum etuvchi kuy qo’shiqlar ijro qilindi. Festival davomida mehnat faxriylari nuroniy otaxon onaxonlar ana shunday mustaqil tinch yurtimizga shukronalar aytdilar.

«Siyosiy-ma’rifat soati»

Xiva tuman axborot-kutubxona markazida Respublika ma’naviyat va ma’rifat bo’limi tomonidan taqdim etilgan «Siyosiy-ma’rifat soati»da  kutubxona xodimlari ishtirok etishdi. Ushbu «Siyosiy-ma’rifat soati»da yurtimiz hamda xorijda bo’lib o’tgan muhim voqealar tafsilotlari xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy bilimlari yanada rivojlanishiga yordam bermoqda.

ISH VAQTI:

Dushanba — Jumagacha | 9:00 — 18:00

Shanba                           | 10:00 — 17:00

Yakshanba                     | Dam olish kuni

MANZIL: 

Xorazm viloyati Xiva tumani

Shomahulum mahallasi Tinchlik ko’chasi 122 uy

BIZ BILAN BOG’LANISH:

TELEFON:

+998 (99) 053 08 40

E-MAIL:

xivatakm@gmail.com

Прокрутить вверх