Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak ma'naviyatga erishib bo'lmaydi. Kitob o'qimagan odamning ham, millatning ham kelajaki yo'q. SH.Mirziyoyev

YANGILIKLAR

“Yoshlar – kelajak bunyodkori”

Yoshlar – kelajak bunyodkori

shiori ostida Xiva tuman axborot-kutubxona markazida “She’riyat – qalb taronasi” mavzusida she’rxonlik kechasi tashkil etildi.

Tadbirda

yosh kitobxonlar, o‘quvchilar hamda faol kitobsevarlar ishtirok etdi. Kechadan ko‘zlangan maqsad yosh avlod qalbida she’riyatga mehr uyg‘otish, kitob mutolaasi madaniyatini rivojlantirish, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish va ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi. 🌟📖

Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan Vatanga muhabbat, ona sifati, tinchlik, do‘stlik va insoniy qadriyatlarni tarannum etuvchi she’rlar ifodali o‘qildi. Shuningdek, o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyoti vakillarining ijod namunalari tinglovchilarga havola etildi. 🎤🕊

She’rxonlik kechasi davomida yoshlar she’riyatning inson qalbiga ta’siri, kitob mutolaasining ahamiyati hamda badiiy adabiyotning tarbiyaviy o‘rni haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. 💭📝

Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil

«Inson huquqlari-oliy qadriyat»

Xiva tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassisi «Inson huquqlari-oliy qadriyat» mavzusida navbatdagi kitob targ`ibotini tashkil qildi. Kitobxonlarga inson huquqlari sohasiga oid huquqiy madaniyat demakratik qadriyatlar ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan tanishtirildi hamda ularni mutolaa qilish orqali kitobxonlar o`z huquqiy bilimlarni kengaytirishlari zarurligi takidlandi.Yangi adabiyotlar bilan tanishish insonning dunyoqarashini kengaytiradi, tafakkurini boyitadi va hayotga boshqacha nigoh bilan qarashga yordam beradi. Har bir yangi asar — bu yangi fikrlar, yangi g‘oyalar va yangi his-tuyg‘ular manbai. Kitob o‘qish orqali biz nafaqat muallifning qarashlarini anglaymiz, balki o‘zimizni ham chuqurroq tushuna boshlaymiz.
Zamonaviy adabiyotlar bugungi kun muammolari, inson ruhiyati va jamiyatdagi o‘zgarishlarni aks ettiradi.

“Bilag‘on bolajon” – bilimlar bellashuvi

“Bilag‘on bolajon” – bilimlar bellashuvi

Xiva Gulshani bolalar oromgohida Xiva tuman Axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Bilag‘on bolajon” mavzusida bilimlar bellashuvi tashkil etildi . Tadbirda oromgoh tarbiyalanuvchilari faol ishtirok etib, turli mavzulardagi savollarga javob berdilar . Ishtirokchilar o‘zlarining bilimdonligi, hozirjavobligi va topqirliklarini namoyon etdilar .

Tadbir davomida bolalarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish , ularni mutolaaga jalb etish hamda dunyoqarashini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi . Tadbir yakunida kitobxonlar kutubxonaga a’zo qilindi.Qiziqarli va mazmunli o‘tgan tadbir bolalarda katta taassurot qoldirdi .

«Ilmli ayol – kuchli jamiyat»

«Ilmli ayol – kuchli jamiyat»
shiori ostida Xiva tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan «Qadr ayoldan boshlansa, qadrimiz yanada baland bo’ladi» mavzusida Madaniyat saroyida kitob ko’rgazmasi tashkil etildi.

Ko’rgazmada ayollarning ilm-fan, ta’lim, madaniyat va jamiyat taraqqiyotidagi o’rnini yoritgan adabiyotlar, mashhur olim va ma’rifatparvar ayollar hayoti hamda faoliyatiga bag’ishlangan kitoblar namoyish etildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga ilmli va ma’rifatli ayol oilaning tayanchi, jamiyatning kuchi ekanligi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, yosh qizlarni bilim olishga, kitob mutolaasiga va o’z ustida muntazam ishlashga undovchi tavsiyalar berildi. Ko’rgazma kitobxonlarda ilm-ma’rifatga intilish, ayollarning jamiyatdagi o’rniga hurmat bilan qarash va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qildi.

Xiva tuman Qaldirg‘och bolalar oromgohi

Xiva tuman Qaldirg‘och bolalar oromgohiga Xiva tuman axborot kutubxona markazi xodimi «Sportni sev, sport bilan yasha» mavzusida sport mashg‘uloti o‘tkazdi.
Sport – inson hayotining ajralmas qismi bo‘lib, u sog‘lom turmush tarzining asosini tashkil etadi. “Sportni sev, sport bilan yasha” degan ibora insonni har doim harakatda bo‘lishga, o‘z sog‘lig‘iga e’tibor berishga undaydi. Chunki sog‘lom tanada sog‘lom aql bo‘ladi.
Sport bilan muntazam shug‘ullanish tanani chiniqtiradi, yurak-qon tomir tizimini mustahkamlaydi va insonni bardam qiladi. Ayniqsa, yoshlar uchun sport juda muhim, chunki ularning jismoniy rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi. Sport insonda intizom, sabr-toqat va irodani shakllantiradi.

“Salom yoz – salom oromgoh”

“Salom yoz – salom oromgoh”

Xiva tumani Axborot-kutubxona markazi xodimi tomonidan “Qaldirg‘och” bolalar oromgohida “Salom yoz – salom oromgoh” mavzusida kitobxonlik soati tashkil etildi. Unda bolalar sevimli kitoblaridan parchalar o‘qib berdilar, o‘qigan asarlari yuzasidan fikr almashdilar. Axborot-kutubxona markazi xodimi tomonidan yozgi ta’tilni mazmunli o‘tkazish, kitob mutolaasining ahamiyati hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish haqida suhbat olib borildi.

Tadbir davomida bolalar badiiy adabiyotlar bilan tanishib, o‘zlarining kitobxonlik qobiliyatlarini namoyish etdilar. Ushbu uchrashuv yosh avlodning ma’naviy dunyosini boyitish, kitobga bo‘lgan mehrni oshirish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.

«1-iyun- Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni»

«1-iyun- Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni» munosabati bilan Axborot-kutubxona markazida «Bolalar-tinchlik elchilari» mavzusida bayramona tadbir tashkil etildi. Tadbirda ishtirokchilar qiziqarli o`yinlar, viktorinalar, she`rxonlikda faol qatnashdilar.Tadbirning asosiy maqsadi bolalarning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlikni targ`ib qilish ularning ijobiy qobiliyatlarini qo`llab -quvvatlashdan iborat bo`ldi.Bolajonlar sevimli ertak qahramonlari haqida suhbatlashib, o`zlari o`qigan kitoblari yuzasidanfikr almashdilar.Bayram davomida bolajonarga ezgu tilaklar bildirilib, faol qatnashgan ishtirokchilar esdalik sovg`alari bilan taqdirlandilar.

«Boshim poyingda ,Vatan…»

Halima Xudoyberdiyeva-o`zbek adabiyotining taniqli shoiralaridan biri hisoblanadi. U 1947-yil 17-mayda Sirdaryo viloyatida dunyoga kelgan. Uzoq yillar Saodat va Guliston jurnallari nashriyotlarda faoliyat yuritib, o`zbek adabiyoti rivojiga munosib hissa qo`shgan.Xiva tuman Axborot-kutubxona markazida kitobxonlar ishtirokida Halima Xudoyberdiyeva ijodiga bag`ishlab «Boshim poyingda ,Vatan…» mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Halima Xudoyberdiyeva ijodida Vatanga muhabbat, ona siymosi, ayol qalbi, insoniylik,sadoqat va milliy qadriyatlar asosida mavzu bo`lib xizmat qiladi. Kitobxonlar tomonidan shoiraning she`rlaridan namunalar keltirdilar.Uning she`rlari kitobxonlar qalbida yashab kelmoqda.

«Ayol ilmli bolsa- jamiyat ilmli boladi»

Xiva tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan kitobxonlar uchun kitob targ`iboti tadbiri tashkil etildi. «Ayol ilmli bo`lsa- jamiyat ilmli bo`ladi» shiori ostida kitobxonlar uchun yangi adbiyotlar, badiiy va ma`naviy-marifiy kitoblar haqida ma`lumotlar berildi. Mutaxassislar tomonidan kitob mutolaasining inson tafakkuri va dunyoqarashini kengaytirishdagi ahmiyati alohida takidlandi. Kitob targ`iboti davomida kitob ko`rgazmasi ham tashkil etilib, kitobxonlarga foydali adabiyotlar tavsiya qilindi.

«Kitobxon oila»

Xiva tuman axborot-kutubxona markazida tuman xotin -qizlarfaollari, Shomohulum mahallasi faollari,5-son maktabi bilan birgalikda»Kitobxon oila» tadbiri bolib otdi. Tadbirda Soyot, Doshyoq va Shomohulum mahallalaridan kitobsevar oilalar ishtirok etib , ozlarining bilimsaviyasi, mutolaa madaniyati va ijodiy chiqishlari bilan faol ishtiroketdilar.Ishtirokchilar turli shartlar asosida bellashib, badiiy asarlardanparchalar, sherlar, maqollar orqali ozistedodlarini namoyish etdilar. Tadbir davomida oilalarda kitobxonliknirivojlantirish, farzandlarni mutolaaga jalb etish va manaviy qadriyatlarnimustahkamlash haqida fikr mulohazalar bildirildi. Ayniqsa, ota-onalarningfarzand tarbiyasida kitobning orni haqidagi chiqishlari barchada kattataassurot qoldirdi. Tadbir yakunida faol qatnashgan oilalar munosibragbatlantirilib, tadbir barchada unutilmas taassurot qoldirdi. "Kitobxonoila" tadbiri yosh avlod qalbida kitobga muhabbat uygotish va oilaviymutolaa ana`nalarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

ISH VAQTI:

Dushanba — Jumagacha | 9:00 — 18:00

Shanba                           | 10:00 — 17:00

Yakshanba                     | Dam olish kuni

MANZIL: 

Xorazm viloyati Xiva tumani

Shomahulum mahallasi Tinchlik ko’chasi 122 uy

BIZ BILAN BOG’LANISH:

TELEFON:

+998 (99) 053 08 40

E-MAIL:

xivatakm@gmail.com

Прокрутить вверх