Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak ma'naviyatga erishib bo'lmaydi. Kitob o'qimagan odamning ham, millatning ham kelajaki yo'q. SH.Mirziyoyev

YANGILIKLAR

«Kitob — mening do‘stimsan «

Xiva tuman axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitob va kitobxonlikni yuksaltirish va keng targ‘ib qilish maqsadida «Kitobni jonlantiramiz» loyihasi asosida «Kitob — mening do‘stimsan » mavzusida tumandagi «Inson»ijtimoiy xizmatlar markazi ishchi xodimlariga yangi adabiyotlardan kitoblar targ‘iboti qilinib kutubxona xizmati ko‘rsatildi.

«Til -millat ruhi»

Xiva tuman axborot kutubxona markazi xodimlari va 5 — son maktabi bilan birgalikda 1989 -yil 21 — oktyabr o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi-berilganiga 36 yilligiga bag‘ishlab «Til -millat ruhi» mavzusida adabiy badiy kecha bo‘lib o‘tdi.Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga,avvalo ona allasi,ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili bu millatning ruhidir. Til har bir millatning ko’zgusi,uning haqiqiy sarchashmasidir.Til bor ekan, millat barhayotdir.Millatlarni millatga ajratuvchi asosiy belgilaridan biri ham tildir.

«Kitobxon onalar»

Xiva tuman axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan  har oyning 17 — sanasida an’anaviy tarzda  «Kitobxon onalar» kuni o‘tkazilib kelinmoqda.Jamiyatda xotin qizlar o’rtasida  kitobxonlik madaniyatini oshirish ,kitobni keng targ‘ib qilish kitobxon onalar sonini ko’paytirish orqali o’sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasiga xizmat qiladi.Farzand tarbiyasida  uning ilmli, ma‘naviyati yuksak  , salohiyatli  va jamiyatda o’z  o’rnini topishiga kitob mutoolasi  beqiyos xizmat qiladi.Kitobxon onalarga kitoblar targ‘iboti qilinib kutubxona xizmati ko‘rsatildi.

«Ona tilim — joni dilim»

Xiva tuman axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan 1989 yil 21- oktyabr O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi-berilgan kun munosabati bilan «Ona tilim — joni dilim»deb nomlangan davra suhbati bo’lib o‘tdi Bugun bizda ham chet tillarini o’rganishga zarur shart sharoitlar yaratilishi bilan birga o‘z ona tilini chuqur bilish masalasiga ham alohida e‘tibor qaratilmoqda.O‘zbekistonda garchi davlat tili sifatida o‘zbek tili ko’rsatilgan bo’lsada,boshqa millatlarning nafaqat tili ,balki urf odatlari ham alohida hurmat qilinadi.

«Xivalik ma‘rifatparvar jadidchi bobolarimiz»

Xiva tuman axborot kutubxona markazi xodimlari Jadidlar ma‘rifatli millat orzusi loyihasi asosida «Xivalik ma‘rifatparvar jadidchi bobolarimiz»mavzusida kitoblar ko’rgazmasi va davra suhbati bo’lib o‘tdi. Jadidlar to‘g‘risida so‘z borar ekan, xivalik jadidlarni eslamay bo‘lmaydi.Bu harakatning yirik nomoyondasi «Yosh xivaliklar «partiyasi asoschiisi Polvonniyoz xoji Yusupov, o‘zbek xalqi madaniyati taraqqiyoti yo‘lida xizmat qilgan taniqli davlat va jamoat arbobi,mohir tarjimon publitist qatag‘on davri qurbonlaridan Qurbon Ollobergan o‘g‘li Beregin , Nazir Sholikorov va Maryam Sultonmurodovalar haqida ma’lumotlar berildi.Kitobxonlar xivalik jadid nomoyondalari haqida ma’lumotlarga ega bo’ldilar.

«Xalqaro qizlar kuni»

Xiva tuman axborot kutubxona markazida»Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz»shiori ostida 11 — oktyabr «Xalqaro qizlar kuni»munosabati bilan Xiva tuman Oila va xotin qizlarni qo’llab quvvatlash bo‘limi, kitobxonlar klubi a‘zolari bilan birgalikda «Davraga kel dugonajon» mavzusida badiy kecha bo‘lib o‘tdi.Millat davomchilari bo’lmish qizlarning ma‘rifatli ma‘naviyatli oqila va dono qilib tarbiyalash ilmu ziyoli qilib voyaga etkazish muhim masala.Zero bugun ta‘lim tarbiya olayotgan qizlar millatni ertasini belgilashda asosiy hal qiluvchi rol o’ynaydi.Shu bois millatimiz azal -azaldan qizlar tarbiyasiga ularning odob axloqiga yurish turishiga o’zini tutishiga alohida e‘tibor qaratib keladi.Tadbirda Xiva tuman Oila va xotin qizlarni qo‘llab quvvatlash bo‘limi boshlig‘i D Razzoqova va faxriy onaxon D Qutliyeva qizlarga o’zlarining foydali maslahatlarini berib qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar haqida so‘zlab o‘tdilar .

«Qizlar o’zgarishlar etakchisi sifatida»

Xiva tuman axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan Xalqaro «Qizlar kuni» munosabati bilan 6 — 11 oktyabr kunlari «Qizlar o’zgarishlar etakchisi sifatida»shiori ostida «Hayo — qiz bolaning ziynati » mavzusida o’smirl qizlar bilan davra suhbati bo’lib o‘tdi. Suhbat jarayonida Bibliografiya bo‘limi xizmati rahbari ustoz Z Panayeva qizlarni Xalqaro «Qizlar kuni»bilan tabriklab ,orzulari dunyolarcha beg’ubor,qalbi qaynoq ,go‘zallikda tengsiz bo‘lgan dillarida kalomi bo‘lgan iboli hayoli iffatli qizlar bo’lajak ona ,sarishta uy bekasi shuningdek muayyan bir sohaning etuk mutaxassisi sizlar hech bir yigitlardan qolishmaydigan To’maris avlodidansiz,.Kelgusida kitob bilan do‘st bo‘lib Zebunniso,Uvaysiy,Nodirabegimlar,Zulfiya xonim izdoshlari bo‘lishlarida ishonch bildirib o‘tdi. Tadbir mavzusi bo‘yicha qizlar bilan fikrlar almashildi qiziqarli tarzda bo‘lib o‘tdi

«Ustozni e‘zozlagan saodatga  erishur»

Xiva  tuman axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan  1 -oktabr «Ustoz va Murabbiylar»kuni  munosabati bilan «Ustozni e‘zozlagan saodatga  erishur» mavzusida badiy musiqiy kecha  bo‘lib o‘tdi. Kechani Xiva tuman axborot kutubxona markazi direkto‘ri M Ro‘zmetova ochib berdi. O‘z so‘zida  aziz  ustozlarni bayram bilan tabriklab mashaqqatli mehnatlarida sog‘lik kuch g‘ayrat tiladi.  Kechaga  faxriy o’qituvchi  va  murabbiy ustozlar taklif etildi. Kechada ustozlarni ulug’lovchi she‘rlar  va kuy qo’shiqlar ijro etildi va  ko’tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

«Etti kunda bir kitob o‘qing»

Adabiyot insonning tafakkur doirasini kengaytiradi,kitobdan olgan turtkisi hayotini ijobiy tomonga o’zgartiradi.Muntazam o‘qish jarayonida foydali bilimlar koshonasiga etaklaydi.Shu sababli Xiva tuman axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan yoshlarni bo‘sh vaqtlaridan samarali foydalanishlari uchun «Etti kunda bir kitob o‘qing» shiori ostida kitob targ‘iboti ishlari amalga oshirildi.

«Mehr kutubxonasi «

Xiva tuman axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan «Mehr kutubxonasi «loyihasi asosida «Kitobxon onalar ma‘rifati» mavzusida kutubxonaga kelish imkoniyati bo’lmagan kitobxon buvijonlarimiz, onaxonlarimiz xonadonlarida bo‘lib yangi adabiyotlardan olib borilib kitoblar targ’iboti qilindi

ISH VAQTI:

Dushanba — Jumagacha | 9:00 — 18:00

Shanba                           | 10:00 — 17:00

Yakshanba                     | Dam olish kuni

MANZIL: 

Xorazm viloyati Xiva tumani

Shomahulum mahallasi Tinchlik ko’chasi 122 uy

BIZ BILAN BOG’LANISH:

TELEFON:

+998 (99) 053 08 40

E-MAIL:

xivatakm@gmail.com

Прокрутить вверх