Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak ma'naviyatga erishib bo'lmaydi. Kitob o'qimagan odamning ham, millatning ham kelajaki yo'q. SH.Mirziyoyev

YANGILIKLAR

«Xotira qalbda -qahramonlar yuraklarda»

Xiva tuman Axborot-kutubxona markazida «9- may Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan «Xotira qalbda -qahramonlar yuraklarda» mavzusida yosh kitobxonlar bilan tadbir otkazildi. Xotira ozlikni anglashga otmishni doimo yodda tutishga davat etib turadigan muqaddas tuygudir. U orqali inson oziga yaxshi xislatlarni qaror toptirib boradi.Xotira insonni kelajakka ochiq koz bilan qarashga orgatadi. Ushbu kun otganlarni yana bir bor yod etib osmonimiz musaffoligi, xalqimiz tinchligiyolida jonlarni fido etgan ajdodlar xotirasi oldida bosh egamiz.Istardikki, xotira va qadr tuyg`usi hech birimizdan yiroqlashmasin , hamisha qalbimizda aks-sado berib tursin.

«Ziyo ulashib»

Xususan, Xiva tumani Axborot-kutubxona markazi rahbari Malohat Ro’zmetovaning «Xorazm Ma’rifati» gazetasida «Ziyo ulashib» nomli maqolasi chop etildi. Mazkur maqolada kutubxonachilar tomonidan joylarda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar, kitobxonlikni targ‘ib etish yo‘lidagi tashabbuslar hamda aholining, ayniqsa yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan faoliyatlar yoritilgan.

Aziz kitobxonlar barchangizga maroqli mutolaa tilaymiz!

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA hamda «Lazgi III» Xalqaro raqs festivali

Xiva tuman tuman Axborot kutubxona markazi xodimlari Xiva shaxrida 26-28- aprel kunlari Faravon mehmonhonasida Etnomadaniyat forumi- Markaziy Osiyo va Rossiya xalqlari madaniyati ,sanati va ijodiyoti festivali doirasidagi ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA hamda «Lazgi III» Xalqaro raqs festivali bolib otmoqda. Ushbu anjumanga xiva tuman va Xiva shaxar kutubxona xodimlari Xorazm tarixi , madaniyati va sanatiga oid adabiyotlar korgazmasi bilan qatnashdi. Lazgi Xorazmning qadimiy raqsi hisoblanadi. Lazgi harakatlari tevarak-atrofdagi tabiat tovush va hodisalarini his tuygʻular uygʻunligida aks ettirish demakdir. Dastlab Xorazm yerlari, Xorazm raqsi bilan bogʻliq boʻlgan lazgi keyinchalik Oʻzbekiston boʻylab keng tarqalgan. Shuningdek festuval doirasida «Jahon madaniy taraqqiyotida qaqs sanati , anana va umumbashariy qadriyatlar mavzusida xalqaro konferensiyada amaliy yordam uchun Xiva tuman Axborot kutubxona markazi TASHAKKURNOMA va SERTIFIQAT bilan tagdirlandi.

» El ardoqlagan shoir «

Xiva tuman axborat kutubxona markazi xodimlari tamonidan o’zbek she’riyatining o’ta iqtidorli namoyondalardan biri shoir Muhammad Yusuf tavalludining 72 yillikiga bag’ishlab » El ardoqlagan shoir «mavzusida kitobxonlar bilan adabiy kecha o’tkazildi. O’zbek xalqining sevimli va ardoqli shoirlaridan biri bo‘lib, u o‘zining samimiy, sodda va yurakka yaqin she’rlari bilan mashhurdir. U 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanida tug‘ilgan.
Muhammad Yusufning ijodi asosan Vatanga muhabbat, insoniylik, sadoqat, ota-ona, muhabbat kabi mavzularni o‘z ichiga oladi. Uning she’rlari xalqona ruhda yozilgan bo‘lib, oddiy inson qalbini chuqur aks ettiradi. Shu sababli ham u xalq orasida juda tez mashhurlikka erishgan.
Shoirning eng mashhur she’rlaridan biri “Vatanim” bo‘lib, unda yurtga bo‘lgan cheksiz muhabbat ifodalangan. Uning ko‘plab she’rlari qo‘shiqlarga aylantirilib, mashhur san’atkorlar tomonidan ijro etilgan.
Ammo uning ijodi hanuzgacha xalq qalbida yashab kelmoqda.

«Kitob — bolalar dunyosining eng go‘zal mo’jizasi»

Xiva tuman axborat kutubxona markazi xodimlari tamonidan «Kitob — bolalar dunyosining eng go‘zal mo’jizasi» mavzusida 2- son Davlat maktabgacha ta’lim muassasiga borib kitob targ’ibot o’tkazildi . U kichkintoylarni sehrli olamlarga olib kiradi, ularning tasavvurini kengaytiradi va qalbini boyitadi. Har bir kitob sahifasi bolaga yangi sarguzasht, yangi bilim va yangi orzular hadya etadi.
Bolalar kitob o‘qish orqali yaxshilik va yomonlikni ajratishni, do‘stlik, mehr-shafqat kabi insoniy fazilatlarni anglay boshlaydi. Ertaklar orqali ular jasoratli qahramonlar bilan birga sinovlardan o‘tadi, muammolarni hal qilishni o‘rganadi va har doim yaxshilik g‘alaba qozonishiga ishonch hosil qiladi.
Kitob — bu nafaqat bilim manbai, balki bolalar uchun yaqin do‘st hamdir. U yolg‘izlikda hamroh bo‘ladi, qiziqarli voqealar bilan kayfiyatni ko‘taradi. Kitob o‘qigan bola fikrlaydigan, ijodkor va keng dunyoqarashga ega inson bo‘lib ulg‘ayadi.
Shu sababli, har bir bola hayotida kitob alohida o‘rin egallashi kerak.

«Jadid namoyondalarini eslaymiz»

Xiva tuman axborot-kutubxona markazida Kitobxon millat shiori ostida o’tkazilayotgan Vl Respublika kitobxonlik haftaligi doirasida «Jadid namoyondalarini eslaymiz» mavzusida Xivalik jadid bobolarimizni eslash maqsadida ma‘naviy ma‘rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Ma‘naviyat va ma‘rifat markazining tuman bo‘limi raxbari L.Nazarova , tuman Mehr va muruvvat uyi hodimi R.Karimov , » Nuroniylar » markazi bo‘limi raxbari Pirnazarov. M va bir guruh nuroniy otaxonlar hamda » Kitobxonlar klubi» a‘zolari qatnashdilar . Tadbirni Xiva tuman axborot-kutubxona markazi direkto‘ri M Ro‘zmetova ochib berdi. Tadbir jarayonida so‘zga chiqqanlar jadidchilik harakati va Xivalik jadidchi bobolarimiz haqida ma‘lumotlar aytib o‘tdilar. «Kitobxonlar klubi» a‘zolari va nuroniylar o`zlarining ijodlaridan na‘munalar o’qidilar.Tadbirda yosh kitobxonlar ijrosida she‘r va raqslari ishtiroqchilariga yanada ko‘tarinki ruh bag’ishladi. Mazkur kitobxonlik haftaligi aholi va yoshu qari o‘rtasuda kitobga bo‘lgan mehrni oshiradi.

«Yangi kitoblar olami»

Xiva tuman Axborot-kutubxona markazida 16- aprel kuni “KITOBSEVAR MILLAT” shiori ostida VI RESPUBLIKA «KITOBXONLIK HAFTALIGI» ning 4-kuni «Yangi kitoblar olami» mavzusida kutubxonamizga yangi olingan eldoshimiz Nur Ahmadning «Xorazm Nemislari» nomli kitobining tagdimoti bolib o`tdi. Tadbir davomida ushbu kitob mazmuni bilan kutubxona xodimlari kitobxonlarga mazmuni haqida tushunchuncha berib ular tamonidan berilgan savollarga javob berdilar. Xorazm hududiga halovat istab kelgan yuzlab nemis halqining hayoti, ularning madaniyati, urf-odatlari hamda mahalliy aholi bilan o‘zaro aloqalari haqida qiziqarli ma’lumotlar berishdi. Kitobxonlar tamonidan she’rlar va kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, tadbir yanada mazmunli va esda qolarli bo‘ldi.

«Mening sevimli yozuvchim»

Xiva tuman Axborot-kutubxona markazida «KITOBXONLIK HAFTALIGI» munosabati bilan «Mening sevimli yozuvchim» mavzusida tadbir bolib Otdi. Tadbirga O`zbekiston Respublikasi yozuvchilar uyushmasi azosi “Extirom” mukoffoti savrindori yosh ijodkorlar murabbiysi Yozuchi va shoir eldoshimiz Raximboy aka Karimov bilan uchrashuv bolib otdi. Tadbir kotarinki ruxda bolib Raximboy aka ozining hayot ijodi va sherlarida aytib kitobxonlarni yanada kitobga bolgan mehrini oshirishda ozini maslaxatlarini berib otdi va ishchi hodimlar va Kitobxonlar tamonidan berilgan savollarga mazmunli javob berdi. Kutubxonani jamgarmasini yanada boyitish uchun Raximboy Karimov Ozi yozgan sheriy kitoblaridan hamda shogirtlari tamonidan yozilgan sheriy kitoblarni Kutubxonamizga sovg`a tariqasida berdi.

«Oilada Manaviyat va mutolaa»

Xiva tuman Axborot-kutubxona markazida 14- aprel kuni “KITOBSEVAR MILLAT” shiori ostida VI RESPUBLIKA «KITOBXONLIK HAFTALIGI» munosabati bilan «Oilada Manaviyat va mutolaa" mavzusida tadbir bolib otdi. Tadbirga Tumanimizning Kitobxon onalari tashrif buyurishib ozlarining maslaxatlarini yosh kitobxonlarga berib otdi. Muhtaram Prezidentimizning “Kitob mutolaasiga havas avvalo oiladan boshlanishi,Ota onalar farzandlarida kitob oqishga mehir uygotish uchun ozlari kitobxon bolishlari lozim” degan gaplariga asosan oilada ayniqsa ona itobxon bolishi shart. Oilada ma’naviyat va mutolaa — bu sog‘lom, bilimli va barkamol avlodni tarbiyalashning eng muhim asoslaridan biridir.
Ma’naviyat — insonning ichki dunyosi, axloqi, qadriyatlari va dunyoqarashini ifodalaydi. Oilada shakllangan ma’naviyat farzandning butun hayotiga ta’sir qiladi.
Mutolaa — inson tafakkurini rivojlantiradi, so‘z boyligini oshiradi va fikrlashni teranlashtiradi.

Xiva tuman Axborot-kutubxona markazida 2026-yil 13-17- aprel kunlari VI RESPUBLIKA «KITOBXONLIK HAFTALIGI» munosabati bilan «Kitobsevar millat» «Kitob va kitobxonlik inson manaviyati kozgusi»

Kitob o‘qish insonning dunyoqarashini kengaytiradi, tafakkurini boyitadi va nutqini ravon qiladi. Har bir o‘qilgan asar bizni yangi fikrlar, yangi g‘oyalar sari yetaklaydi. Ayniqsa, yoshlar uchun kitob — to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatuvchi ishonchli do‘stdir.
Kitobxonlik haftaligi barchamizni kitob bilan yanada yaqinlashtirishga undaydi. Keling, vaqtimizning bir qismini kitob mutolaasiga bag‘ishlaylik, chunki kitob o‘qigan inson hech qachon yutqazmaydi.

Xiva tuman Axborot-kutubxona markazida 2026-yil 13-17- aprel kunlari «Kitobsevar Millat» VI RESPUBLIKA "KITOBXONLIK HAFTALIGI" munosabati bilan "Kitobsevar millat" "Kitob va kitobxonlik inson manaviyati kozgusi" mavzusida shiori ostida ochilishi bolib otdi . Tadbirdani Xiva tuman Axborot kutubxona markazi M.Ruzmetova ochib berdi. Tadbirda 5-son maktab kitobxonlari va Ustozlar ham qatnashishdi va kitob xaqida bir qancha malumotlarni berib o`tishdi

ISH VAQTI:

Dushanba — Jumagacha | 9:00 — 18:00

Shanba                           | 10:00 — 17:00

Yakshanba                     | Dam olish kuni

MANZIL: 

Xorazm viloyati Xiva tumani

Shomahulum mahallasi Tinchlik ko’chasi 122 uy

BIZ BILAN BOG’LANISH:

TELEFON:

+998 (99) 053 08 40

E-MAIL:

xivatakm@gmail.com

Прокрутить вверх