Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak ma'naviyatga erishib bo'lmaydi. Kitob o'qimagan odamning ham, millatning ham kelajaki yo'q. SH.Mirziyoyev

YANGILIKLAR

«Sohibqiron- Amir Temur»

Xiva tuman Axborot-kutubxona markazida buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan «Sohibqiron- Amir Temur» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi yoshlar qalbida milliy g‘urur, tarixiy xotira va ajdodlar merosiga hurmat tuyg‘ularini shakllantirishdan iborat bo‘ldi. Davra suhbatida ishtirokchilar Amir Temurning hayoti, davlat boshqaruvidagi faoliyati, harbiy san’ati hamda uning jahon tarixidagi o‘rni haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Tadbir davomida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etilib, unda Amir Temur hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan asarlar namoyish etildi. Ishtirokchilar tomonidan ushbu kitoblardan parchalar o‘qilib, muhokamalar olib borildi.
Davra suhbati jarayonida yoshlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi hamda ajdodlar merosini o‘rganishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

“Inson huquqlari – oliy qadriyat”

Xiva tuman Axborot-kutubxona markazida “Inson huquqlari – oliy qadriyat” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Ichki ishlar xodimlari hamda kitobxon talabalar ishtirok etdilar. Davra suhbatining asosiy maqsadi inson huquqlari, erkinliklari va ularning jamiyatdagi ahamiyati haqida tushuncha berish, yoshlar ongida huquqiy madaniyatni shakllantirishda yanada fikrlarga ega bo`lishdi

Xiva tumanida xotin qizlar bilan muloqat uchrashuvi bo`lib o`tdi.

Xiva tumanida xotin qizlar bilan muloqat uchrashuvi bolib otdi. Muloqatda Xiva tuman Axborot kutubxona markazi kitobxonlikni yanada oshirish maqsadida kitob kozgazmasi bilan qatnashdi . Muloqatni Bosh vazir orinbosari — Oila va xotin qizlar qo`mitasi raisi Maxkamova Zulayxo Baxriddinovna hamda yozuvchi shoira Gavhar Ibodullayeva olib borishdi. Uchrashuv davomida tadbirkorlik bilan qiziqga xotin qizlar savollariga qoniqarli javoblar olishdi.

«Kitob bolalar dunyosining mo‘jizasi»

Xiva tuman axborot-kutubxona markazida » Xalqaro bolalar kitobi kuni» munosabati bilan bolalarning sevimli adibi ayniqsa bolalar uchun sehrli ertaklari bilan tanilgan dunyoga mashhur Daniyalik yozuvchi va ertakchi Hans Kristian Andersen tavalludining 221 yilligiga bag‘ishlab «Kitob bolalar dunyosining mo‘jizasi»mavzusida ma‘naviy ma‘rify tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir jarayonida yosh kitobxonlarga yozuvchining hayoti va ijodi haqida ma‘lumotlar berildi. Hans Kristian Andersen 150 dan ortiq ertak yozgan . Uning mashhur ertaklari (Kichik suv parisi),(Qor malikasi )ertaklari haqida kitobxonlar qiziqish bilan so’zlab berdilar .Tadbirdan maqsad yosh avlodni kitob o’qishga qiziqishlarini oshirish va ertaklardagi yomonlik va yaxshilik haqidagi tushunchalar haqida ma’lumotlarga ega bo’ldilar Andersen asarlari chuqur ma’no,insoniy his-tuyg‘ular va hayot saboqlari bilan ajralib turadi.

“YOSHLAR MILLIYLIKNI SEVADI”

“YOSHLAR MILLIYLIKNI SEVADI”

Xiva tumani shamahulum mahallasida bolib otgan tadbir davomida yoshlar o‘rtasida 5000 qadam yurish, tosh ko’tarish, arqondan sakrash, kitobxonlik, sumalak va osh pishirish kabi milliy qadriyatlarimiz namoyish qilindi. Ushbu tadbirlar Xiva tuman Axborot kutubxona markazi xodimlari ham Kitob korgazmasi bilan qatnashdi. Milliy urf-odatlarimizni asrash, boy an’analarimizni keng targ‘ib etish, shuningdek, milliy liboslar hamda san’atimizga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi. Xiva tuman Xokimligi tamonidan Xiva tuman Axborot kutubxona markazi diplom va qimmatbaxo sovgalar bilan tag`dirlandilar

«Navrozni uluglash -insonni ulug`lashdir»

Xiva tumanidagi Shomoxulum mahallasida joylashgan istirohat bog‘i maydonida Xiva tumanining «Navrozni uluglash -insonni uluglashdir" nomli Navro‘z umumxalq bayrami tadbiri bo‘lib o‘tdi. Navro‘z tantanalari milliy urf-odatlarimiz va qadriyatlarimizni milliy toamlarimizni o‘zida mujassam etgan holda tashkil etildi. Tumandagi barcha mahallalar tomonidan o‘ziga xos sahna ko‘rinishlari tayyorlanib, hududlar bayramona, bahoriy ruhda bezatildi. Ushbu tantanalarda Xiva tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari Korgazma va milliy taomlari bilan faol ishtirok etdilar. Tadbirning turli nominatsiyalari g‘oliblari tuman hokimligining qimmatbaxo sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Shu jumladan Xiva tuman Axborot kutubxona markazi «ENG YAXSHI BAHORIY VA MILLIY TAOMLAR KORGAZMASI" nominatsiyasi boyicha faxrli 2-orinni egallab Diplom va qimmatbaxo savgalar bilan taqdirlandi.

«Kitobxon onalar ma‘rifati «

Jamiyatda kitobxonlikni rivojlantirish ayniqsa xotin qizlar orasida kitob mutoolasini keng targ‘ib qilish kitobxon onalar safini kengaytirish orqali manaviyatini yuksaltirishda va oilada yosh avlod tarbiyasida kitobning o‘rni muhim hisoblanadi.Zero, kitobxonlik oiladan boshlanadi.Darhaqiqat,bu ma‘naviy sarchashma farzandlarimizning dunyoqarashini boyitadi nutqini o‘stirib,xotirasini mustahkamlaydi.Kitob maslahatchi sadoqatli hamroh. Xiva tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari ham ana shunday ezgu niyat bilan «Kitobxon onalar ma‘rifati «mavzusida kitobxon onalar bilan davra suhbati qilindi va oilalarda bo‘lib kitoblar targ‘iboti qilindi.

“Yo‘l-yo‘lakay”

Xiva tuman Axborot kutubxona xodimlari “Yo‘l-yo‘lakay” loyihasi asosida aholining kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida kitob targ‘iboti ishlari olib borildi. Jarayon davomida fuqarolarga turli badiiy va ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar tavsiya etilib, kitob mutolaasining inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida qisqacha ma’lumotlar berildi. Bu kabi targ‘ibot ishlari kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

«Ayol-mehr va fidoiylik timsoli»

Xiva tuman Axborot-kutubxona markazida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan «Ayol-mehr va fidoiylik timsoli» mavzusida “Balli qizlar” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi qizlarning iqtidorini namoyon etish, ularning bilim va salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, bayram munosabati bilan ko‘tarinki kayfiyat ulashishdan iborat bo‘ldi.
Tanlovda faol va iqtidorli qizlar ishtirok etib, o‘z qobiliyatlarini turli shartlar orqali namoyish etdilar. Tanlov 4 ta shart asosida o‘tkazildi.
Tanlov yakunida hakamlar hay’ati tomonidan barcha shartlar bo‘yicha ishtirokchilar baholanib, eng faol va iqtidorli qizlar g‘olib deb topildi hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Bunday tadbirlar yoshlarning faolligini oshirish, ularning qobiliyatlarini yuzaga chiqarish hamda milliy qadriyatlarimizni targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

«Ona siymosi-mehr manbai»

Xiva tuman Axborot-kutubxona markazida «Ayollarni e’zozlash oyligi» doirasida o‘tkazilgan «Ona siymosi-mehr manbai» mavzusida rasmlar tanlovi bòlib òtdi. Mazkur tanlovda maktab o‘quvchilari va talaba yoshlar faol ishtirok etdilar. Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad – ona siymosini ulug‘lash, mehr-muhabbat, sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini yoshlar qalbiga singdirishdan iborat bo‘ldi.
Ishtirokchilar o‘z rasmlarida onaning mehribonligi, sabr-toqati, farzandiga bo‘lgan cheksiz muhabbati va oiladagi o‘rnini tasvirladilar.Mazkur tanlov barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlab, ona siymosining naqadar ulug‘ va muqaddas ekanini yana bir bor namoyon etdi

ISH VAQTI:

Dushanba — Jumagacha | 9:00 — 18:00

Shanba                           | 10:00 — 17:00

Yakshanba                     | Dam olish kuni

MANZIL: 

Xorazm viloyati Xiva tumani

Shomahulum mahallasi Tinchlik ko’chasi 122 uy

BIZ BILAN BOG’LANISH:

TELEFON:

+998 (99) 053 08 40

E-MAIL:

xivatakm@gmail.com

Прокрутить вверх