
Xiva tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan kitobxonlar uchun kitob targ`iboti tadbiri tashkil etildi. «Ayol ilmli bo`lsa- jamiyat ilmli bo`ladi» shiori ostida kitobxonlar uchun yangi adbiyotlar, badiiy va ma`naviy-marifiy kitoblar haqida ma`lumotlar berildi. Mutaxassislar tomonidan kitob mutolaasining inson tafakkuri va dunyoqarashini kengaytirishdagi ahmiyati alohida takidlandi. Kitob targ`iboti davomida kitob ko`rgazmasi ham tashkil etilib, kitobxonlarga foydali adabiyotlar tavsiya qilindi.
