Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak ma'naviyatga erishib bo'lmaydi. Kitob o'qimagan odamning ham, millatning ham kelajaki yo'q. SH.Mirziyoyev

YANGILIKLAR

«Xalqaro nogironlarni huquq va erkinliklarini himoya qilish kuni»

Xiva tuman axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan 3 — dekabr «Xalqaro nogironlarni huquq va erkinliklarini himoya qilish kuni» munosabati bilan tumandagi «Muruvvat «nogironligi bo‘lgan shaxslar internat uyi ishchi xodimlari va nogironligi bo‘lgan xonadonlarda bo‘lib,»Mehrim sizga » mavzusida kitoblar targ’iboti olib borildi.Hech kim e’tibordan chetda qolmaydi, shiori ostida, jamiyatimizda ularni hayotda o‘z o’rinlariga ega bo‘lib ko‘maklashish maqsadida ushbu qatlamga katta e‘tibor qaratilib kelinmoqda. Nogironlar muammolari ijtimoiy hayotdagi ishtirokidan yuzaga keladigan afzallikka jamoatchilik e‘tiborini jalb qilish ,nogironlar qadri va huquqlari farovonligini himoya qilishga qaratilgan,madaniy va ma‘naviy erkinliklari hukumatimiz muhofazasidadir.Ma‘naviy boyligimiz bo‘lgan yangi adabiyotlardan olib borilib kutubxona xizmati ko‘rsatildi.

«Xalqaro OITSga qarshi kurash»

Xiva tuman axborot kutubxona markazida 1-dekabr «Xalqaro OITSga qarshi kurash» kuni munosabati bilan «OITS — XXI asr vabosi «mavzusida 5 — son maktabi ustoz va o‘quvchilari bilan birgalikda davra suxbati bo’lib o‘tdi.Tadbirda OITS kasalligi va uning qanday hollarda yuqishi ,nimalarga e‘tibor qaratilishi,dastlabki belgilari qanday hollarda qayerga murojaat qilish va davolash usullari haqida ma‘lumotlar berilib o’tildi.O‘smir yoshlarni ongini zaharlaydigan illatlarga berilmasligi va ularni kitob bilan do‘st bo‘lib kitobdan ma‘naviy ozuqa olib komil inson ,zukko,teran tafakkur sohibiga aylanadigan inson bo‘lib etishishlari haqida ko’rsatmalar aytib o’tildi.Tadbirda OITSga qarshi ko‘rgazma tashkil qilindi.

«Gender tenglik -taraqqiyot kafolati»

Xiva tuman Axborot-kutubxona markazida jamiyatda ayollar va erkaklar uchun «Gender tenglik -taraqqiyot kafolati» mavzusida tadbir bo`lib o`tdi. Tadbirda o`qituvchilar, mahalla vakillari, yoshlar hamda kutubxona xodimlari ishtirok etib, gender tenglikning jamiyat taraqqiyotidagi, o`rni oiladagi ma`suliyat taqsimoti, ayollarning ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirish kabi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar. Tadbirning asosiy maqsadi- aholida gender madaniyatni shakllantirish, ayol va erkakning teng huquqli jamiyatdagi o`rnini keng targ`ib qilish, oilada sog`lom va adolatli munosabatni mustahkamlashga ko`maklashishdir.

«Kitob ilm chirogi»

Xiva tuman Axborot-kutubxona markazida “Infolib O‘zbekiston – 2025” milliy axborot-kutubxona haftaligi o‘z yakuniga yetdi.
Hafta davomida o‘tkazilgan mazmunli va ma’rifiy tadbirlar kitobsevar yoshlar, kitobxonlar hamda keng jamoatchilik uchun yangi bilim berdi

Bugungi «Kitob ilm chirogi" mavzusidagi tadbirdan asosiy maqsadi yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish, axborot savodxonligini oshirish, zamonaviy kutubxona xizmatlaridan foydalanish madaniyatini shakllantirishga qaratildi. Respublika manaviyat va marifat markazi Xiva tuman bolimi rahbari L.Nazarova ochib berdi va kutubxonamizga «Uztozga extirom» nomli jurnaldan sovga tariqasida topshirdi. Yopilish marosimida so‘z olgan Axborot kutubxona markazi rahbari M.Rozmetova Infolib haftaligi yoshlarning ijodiy fikrlashi, o‘qishga bo‘lgan qiziqishi va ma’naviy dunyosining boyishida muhim qadam bo‘lganini qayd etdi. Tadbir ishtirokchilarga ilm va ma’rifat yo‘lida bardavom izlanish, kutubxona bilan doimiy hamkorlikda bo‘lish tilaklari bildirildi.

“Mening sevimli kitobim” mavzusida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

Xiva tuman Axborot-kutubxona markazida “Infolib O‘zbekiston – 2025” XIV milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida yoshlar o‘rtasida “Mening sevimli kitobim” mavzusida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarning bilim doirasini kengaytirish, ularning mantiqiy fikrlash, jamoada ishlash va tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.

O‘yinda ishtirokchilar turli sohalarga oid savollarga javob berishdi, qiziqarli savol-javoblar, fikr almashuvlar orqali o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Tadbir jarayonida muhit iliq va do‘stona ruhda kechdi.

G‘olib jamoalar va faol ishtirokchilar Axborot-kutubxona markazi tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

“Kitob – bilim manbai”

Xiva tuman Axborot-kutubxona markazida “INFOLIB O‘ZBEKISTON-2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Kitob – bilim manbai” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda kitobsevar yoshlar, o‘qituvchilar hamda markaz xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni muntazam kitob o‘qishga rag‘batlantirish, shuningdek, o‘quvchilarda bilimga chanqoqlik va ma’naviy boylikka intilish tuyg‘ularini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.Faol kitobxonlar o‘qigan asarlari bo‘yicha fikr-mulohazalari tinglandi.

» Agar yolgiz ersang- hamdam kitobdir»

Xiva tuman Axborot-kutubxona markazida “INFOLIB O‘ZBEKISTON – 2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasidagi» Agar yolgiz ersang- hamdam kitobdir" mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilar kitob korgazmasidan joy olgan yangi nashrlar, badiiy va marifiy adabiyotlar bilan yaqindan tanishdilar. Unda ishtirokchilar turli yonalishlardagi asarlar bilan tanishib, ozlari uchun eng qiziqarli kitoblarni tanlab olishdi. Bunday tadbirlar yoshlar va keng jamoatchilikda kitobga mehr uygotish, ma`naviy olamni boyitishda muhim ahamiyat kasb etadi.

“INFOLIB O‘ZBEKISTON–2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Kitobsevar yoshlar –yangi O’zbekiston kelajagi” mavzusida ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Xiva tuman Axborot-kutubxona markazida “INFOLIB O‘ZBEKISTON–2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Kitobsevar yoshlar –yangi O’zbekiston kelajagi” mavzusida ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.Yosh kitobxonlar ortasida ifodali oqish mashguloti otkazildi. Unda oquvchilar ozlarini sevib oqigan asarlaridan parchalar ijro etishdi. Kutubxona fondida bolgan adabiyotlar asosida korgazmalar tashkil etildi. Unda badiiy,ilmiy ommabop,tarixiy hamda manaviy- marifiy yo`nalishdagi kitoblar namoyish etildi. Kitoblar bilan yaqindan tanishgan sayin inson kòp narsalarga òzgacha nigoh bilan qarashni boshlaydi.

Xiva tuman Axborot-kutubxona Markazida yoshlar manaviyatini yuksaltirish,kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va ijodkorlar bilan bevosita muloqot ornatish maqsadida shoira,tarixchi,olkashunos jurnalist "Tomaris» jamoat fondi rahbari hamda «Tomaris avlodi" jurnali bosh muharriri Sharqiya Eshchonova bilan unutilmas uchrashuv tashkil etildi. Tadbir kitobxonlar klubi doirasida bolib otdi.Uchrashuv davomida ozining keng oquvchilar etiborini qozongan «Tomaris avlodlari" nomli asari yaratilish tarixi undagi goya va bosh qaxramonlar obrazini yoritib berdi.To (https://berdi.to/)maris kabi jasur,marifatli,Vatanparvar avlodni tarbiyalash goyasi ilgari surilganini takidlab otdi. Tadbir davomida kitobxonlar tomonidan asar boyicha savollar berildi. Tadbir yakunida Sharqiya Eshchonova kitobxonlarni doimo kitob mutolaasi bilan dost bolishga chaqirdi. Tadbir ishtirokchilari tuman madaniyat bolimi sanatkorlari hamda Gubahor Jumaboyeva ning ijodlaridan namunalar tinglashdi.Tadbir songida «Tomaris avlodi" jurnalining tuman kengashi raisi qilib Xiva tuman Axborot kutubxona markazi direktori M.Ro (https://m.ro/)zmetovani tayinladi.

«Siyosiy-ma’rifat soati»

Xiva tuman axborot-kutubxona markazida Respublika ma’naviyat va ma’rifat bo’limi tomonidan taqdim etilgan «Siyosiy-ma’rifat soati»da  kutubxona xodimlari ishtirok etishdi. Ushbu «Siyosiy-ma’rifat soati»da yurtimiz hamda xorijda bo’lib o’tgan muhim voqealar tafsilotlari xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy bilimlari yanada rivojlanishiga yordam bermoqda.

ISH VAQTI:

Dushanba — Jumagacha | 9:00 — 18:00

Shanba                           | 10:00 — 17:00

Yakshanba                     | Dam olish kuni

MANZIL: 

Xorazm viloyati Xiva tumani

Shomahulum mahallasi Tinchlik ko’chasi 122 uy

BIZ BILAN BOG’LANISH:

TELEFON:

+998 (99) 053 08 40

E-MAIL:

xivatakm@gmail.com

Прокрутить вверх