Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak ma'naviyatga erishib bo'lmaydi. Kitob o'qimagan odamning ham, millatning ham kelajaki yo'q. SH.Mirziyoyev

YANGILIKLAR

«Dollzarb — 90 kun» dasturi

Xiva tuman axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan «Dollzarb — 90 kun» dasturi bo’yicha xodimlarimiz tomonidan bugun jamiyatimizda kitobxonlikni rivojlantirish,mutola madaniyatini takomillashtirish borasida har doimgi davridan bir necha barobar samarali ishlar amalga oshirilib,tashviqot targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.Ta‘tildagi uyushmaga yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli o’tkazishlari maqsadida ko’plab yoshlar kutubxonaga jalb qilinib,»Tanishing yangi adabiyotlar»»Yo‘l yo’lakay kitob o’qiymiz»loyihalari asosida yoshlarga kitoblar targ‘iboti qilinmoqda.Shuningdek kitobxonlar talabini imkon boricha to’liq qondirish va adabiyot tanlashlari ga yordam berishda ham kutubxona xizmati ko‘rsatilmoqda.

«Kitobxon onalar ma‘rifati»

Xiva tuman axborot kutubxona markazida «Kitobxon onalar» loyihasi asosida «Kitobxon onalar ma‘rifati» mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Kitobxon ona N.Salayeva oilada farzandlar tarbiyasida kitobxonlikning o‘rni haqida gapirib o‘tdi.Oila jamiyatning bir bo’g’ini bo‘lib,har bir inson dastlabki tarbiyani ma‘naviy ozuqani oiladan ota onadan oladi. Keyin esa maktab ostonasiga qadam qo’yadi.Jamoada qanday o’zini tutishni o’rganadi.Ma‘naviy ozuqa olishning ,chin inson bo‘lib erishishning poydevori kitob mutoolasidir.Inson kamoloti va bilimning manbai kitob bilan bog’liq.Bu ma‘naviy sarchashma farzandlarimizning dunyoqarashini boyitadi,nutqni o‘stirib ,xotirasini mustahkamlaydi.Kitob maslahatchi,sadoqatli hamroh.Kutubxonada kitobxon ona kitobxon bolalarga kutubxona xizmati ko‘rsatildi.

ISH VAQTI:

Dushanba — Jumagacha | 9:00 — 18:00

Shanba                           | 10:00 — 17:00

Yakshanba                     | Dam olish kuni

MANZIL: 

Xorazm viloyati Xiva tumani

Shomahulum mahallasi Tinchlik ko’chasi 122 uy

BIZ BILAN BOG’LANISH:

TELEFON:

+998 (99) 053 08 40

E-MAIL:

xivatakm@gmail.com

Прокрутить вверх