Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak ma'naviyatga erishib bo'lmaydi. Kitob o'qimagan odamning ham, millatning ham kelajaki yo'q. SH.Mirziyoyev

YANGILIKLAR

“Ayol baxtli bo‘lsa – jamiyat baxtli bo‘ladi”

Xiva tuman Axborot-kutubxona markazida 15- fevraldan 15-martgacha «Ayollarni e’zozlash oyligi» munosabati bilan “Ayol baxtli bo‘lsa – jamiyat baxtli bo‘ladi” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda mahalla faollari, nuroniy onaxonlar, xotin-qizlar hamda yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida ayolning jamiyatdagi o‘rni, oiladagi mas’uliyati, farzand tarbiyasidagi beqiyos hissasi haqida so‘z yuritildi. So‘zga chiqqanlar ayol – mehr va muhabbat timsoli, oilaning tayanchi, jamiyatning mustahkam poydevori ekanini alohida ta’kidladilar.
Shuningdek, faol va namunali onaxonlar, jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan xotin-qizlar munosib taqdirlanib, tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir samimiy ruhda, ochiq muloqot tarzida o‘tdi.
Mazkur uchrashuv barchada katta ta’assurot qoldirib, ayollarga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yanada mustahkamladi.

Saida Zunnunova tavalludining 100 yilligi munosabati

Xiva tuman Axborot-kutubxona markazida «Ayollarni -ezozlash" oyligi doirasida atoqli ozbek adabiyotining yorqin yulduzi, nafosat va matonat timsoli-Saida Zunnunova tavalludining 100 yilligi munosabati «Saida Zunnunova sherlari bilan tanishuv" mavzusida bilan kitobxonlar bilan davra suhbati otkazildi. Uning » Qizlar», «Yashil yaproqlar», va «Gullar vodiysi» kabi toplamlari ayniqsa "Bahorni qarshilab" sheriy kitobi kitobxonlar tomonidan sevib mutolaa qilindi. Turmush ortogi Said Ahmad bilan boshidan kechirgan murakkab yillari, ayriliq va soginch azoblari uning sherlarida hayotiy va dardli aks etgan. U ozbek ayolining vafodorligini faqat sozda emas amalda ham korsata olgan ijodkordir. Bugungi 100 yillik yubiley tadbirimizning asosiy maqsadi- shoira qoldirgan boy manaviy merosni yosh avlodga yetkazish, ularda kitobxonlik va vatanparvarik tuygularini shakllantirishdir. Saida Zunnunova sheriyati hamisha bahordek yashnab, qalblarimizda ezgulik urug`ini ekib qolaveradi.

Matnazar Abdulhakim ijodiga bag‘ishlangan umumta’lim maktab o‘quvchilari ishtirokida insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi

Xiva tuman Axborot – kutubxona markazida Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda biz o‘zbek adabiyotining iste’dodli namoyandalaridan biri — Matnazar Abdulhakim ijodiga bag‘ishlangan umumta’lim maktab o‘quvchilari ishtirokida insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda o‘quvchilar tomonidan 2 shart asosida yani insho va sherxonlik boyicha bellashdilar. Insho yozishda adibning ijodi — bu teran tafakkur, milliy ruh va inson qalbining nozik kechinmalarini o‘zida mujassam etgan bebaho xazina ekanligini yozgan inshosi orqali namoyon qilishdilar. She’riyat bo‘yicha uning asarlarida Vatanga muhabbat, insoniylik va ma’naviy poklik g‘oyalari yetakchiligini she’rlari orqali ifodalab berdilar. Tanlov yakunida hakamlar hayati tomonidan ishtirokchilarning bilim saviyasi, nutq madaniyati va ijro mahorati baholandi. Natijalarga kora 14-42 maktab oquvchilari g`olib deb topildi.

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi

Axborot-kutubxona markaziga qarashli ko‘chma kutubxonada ham buyuk shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. yosh kitobxonlar va ustozlar faol ishtirok etdilar.
Tadbir davomida Boburning hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar berilib, uning boy adabiy merosi haqida suhbat o‘tkazildi. Ishtirokchilar tomonidan shoirning g‘azallari ifodali o‘qildi hamda Boburnoma asarining tarixiy ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Ko‘chma kutubxona xodimlari tomonidan Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etilib, kitobxonlarga tavsiyalar berildi. Tadbir yoshlarning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularda milliy g‘urur va ajdodlar merosiga hurmat tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qildi.

“Ikki buyuk siymo”

Axborot-kutubxona markazida buyuk mutafakkirlar — Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti hamda ijodiga bag‘ishlangan “Ikki buyuk siymo” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda yosh kitobxonlar, ustozlar hamda AKM xodimlari faol ishtirok etdilar.
Tadbir jarayonida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning adabiyot, tarix va ma’naviyat rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Sahna ko‘rinishlari, badiiy chiqishlar,ĝazal va ruboiylardan buyuk siymolarning hayoti va ijodi jonli tarzda namoyish etildi.
Shuningdek, tadbir doirasida tashkil etilgan kitoblar ko‘rgazmasida ikki buyuk siymoga oid badiiy, ilmiy va tarixiy asarlar o‘rin oldi. Ko‘rgazma ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otib, ularni mutolaaga chorladi.
Mazkur tadbir yosh avlod qalbida milliy qadriyatlarga hurmat, buyuk ajdodlarimiz merosiga sadoqat va kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirishga xizmat qildi. Tadbir mazmunli, qiziqarli va ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

Xudoyberdi Toxtaboyev

Xiva tuman Axborot-kutubxona markazida, bolalar qalbiga ezgulik singdirgan adib Xudoyberdi Toxtaboyev qalamiga mansub "Jannati odamlar" asari 30 yilligi hamda "Shirin qovunlar mamlakati" asari nashr etilganiga 40 yil tolishi munosabati bilan yosh kitobxonlar ishtirokida mutolaa mashguloti tashkil etildi. Ushbu asar otgan yillar davomida bolalar va o`smirlarni mehr- oqibat, halollik va insoniylik fazilatlarini shakllantirib kelmoqda. Kitob -qablarni poklaydigan, kelajakni yoritadigan bebaho manbadir.

«Payshanba huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni»

Xiva tumanida «Payshanba huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni» munosabati bilan tumanning Juryon hududida huquqbuzarliklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida kompleks chora- tadbirlarni amalga oshirish maqsadida ertalabki yòriqnoma òrkazildi. Ushbu tadbirda Xiva tuman Axborot-kutubxona markazi rahbar hamda xodimlari ishtirokida kòrgazma tashkil etildi.Ushbu kòrgazma siyosiy-ijtimoiy hamda badiiy kitoblar kòrgazmasidan tashkil topgan bòlib kòrgazmadan asosiy maqsad tumandagi kitobxonlar safini yanada kengaytirish, mahallalarda kitobxonlikni tarĝib qilishdan iborat.

«Istiqlol» mahallasidagi tadbirkorlik  faoliyati bilan ish  yuritayotgan mehnatkash ayollar

Xiva tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan «Istiqlol» mahallasidagi tadbirkorlik  faoliyati bilan ish  yuritayotgan mehnatkash ayollar uchun, kitobxonlikni targib etishga,  mutolaa madaniyatini yuksaltirishga  qaratilgan kitob targibot ishlari amalga oshirildi. Kitobxonlar manaviy-marifiy va kasb-hunar hamda shaxsiy rivojga oid adabiyotlar bilan tanishtirildi. Kitobxonlar kitobni qiziqish bilan varaqlab,ozlarini qiziqtirgan asarlar haqida savollar berildi. Oila va farzand tarbiyasida kitobning ahamiyati, ayollarning manaviy salohiyatini oshirish masalalariga alohida etibor qaratildi.Ushbu targibot tadbiri kitobxonlik madaniyatini keng targib etishga xizmat qildi va ayollarimizda kitobga bolgan qiziqishni yanada oshirdi. Kitob mutolaasining inson tafakkuri va kasbiy rivojidagi orni haqida suhbatlar olib borildi hamda kutubxona xizmati ko`rsatildi.

“Kitobxon onalar ma’rifati”

Xiva tuman Axborot-kutubxona markazida “Kitobxon onalar ma’rifati” mavzusida davra suhbati bòlib òtdi.  Bu esa yosh avlodda ilmga, kitobga bo‘lgan mehrni uyg‘otadi. Kitob o‘qigan ona — fikrlashi teran, ma’naviyati yuksak, jamiyatda barqarorlikni ta’minlay oladigan avlodni tarbiyalaydi.
Kitobxonlik orqali insonning tafakkuri kengayadi, nutqi ravonlashadi, hayotga bo‘lgan qarashi boyiydi. Onalar kitob mutolaa qilishni odat qilsa, farzandlar ham bu ezgu an’anani davom ettiradi. Natijada oilada sog‘lom ma’naviy muhit shakllanadi, jamiyatda esa bilimli va ongli avlod voyaga yetadi.
Shu bois, kitobxon onalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni mutolaaga jalb etish, oilaviy kitobxonlikni targ‘ib qilish — bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.

Nuroniy otaxonlar

Xiva tuman Axborot-kutubxona markaziga nuroniy otaxonlar tashrif buyurib kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ular uchun mazmunli suhbatlar va kitob tanishtiruvi tashkil etildi. Ular kitoblar bag`rida iliq xotiralar va samimiy suhbatlar bilan ma`naviy hordiq chiqardilar. Shuningdek,ularning hayotiy tajribalari, ibratli xotiralari tinglanib, yoshlar tarbiyasida qariyalar donishmandligining beqiyos ahamiyati alohida ta`kidlandi.Nuroniy otahonlarimiz Axborot-kutubxona faoliyatiga ijobiy baho berib, tashkilotchilarga o`z minnatdorchiliklarini bildirdilar. Ushbu tashrif nuroniylar uchun ma`naviy hordiq, AKM jamoasi uchun esa katta mas`uliyat va faxr bo`ldi.

ISH VAQTI:

Dushanba — Jumagacha | 9:00 — 18:00

Shanba                           | 10:00 — 17:00

Yakshanba                     | Dam olish kuni

MANZIL: 

Xorazm viloyati Xiva tumani

Shomahulum mahallasi Tinchlik ko’chasi 122 uy

BIZ BILAN BOG’LANISH:

TELEFON:

+998 (99) 053 08 40

E-MAIL:

xivatakm@gmail.com

Прокрутить вверх