
Xiva tuman axborot-kutubxona markazida Kitobxon millat shiori ostida o’tkazilayotgan Vl Respublika kitobxonlik haftaligi doirasida «Jadid namoyondalarini eslaymiz» mavzusida Xivalik jadid bobolarimizni eslash maqsadida ma‘naviy ma‘rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Ma‘naviyat va ma‘rifat markazining tuman bo‘limi raxbari L.Nazarova , tuman Mehr va muruvvat uyi hodimi R.Karimov , » Nuroniylar » markazi bo‘limi raxbari Pirnazarov. M va bir guruh nuroniy otaxonlar hamda » Kitobxonlar klubi» a‘zolari qatnashdilar . Tadbirni Xiva tuman axborot-kutubxona markazi direkto‘ri M Ro‘zmetova ochib berdi. Tadbir jarayonida so‘zga chiqqanlar jadidchilik harakati va Xivalik jadidchi bobolarimiz haqida ma‘lumotlar aytib o‘tdilar. «Kitobxonlar klubi» a‘zolari va nuroniylar o`zlarining ijodlaridan na‘munalar o’qidilar.Tadbirda yosh kitobxonlar ijrosida she‘r va raqslari ishtiroqchilariga yanada ko‘tarinki ruh bag’ishladi. Mazkur kitobxonlik haftaligi aholi va yoshu qari o‘rtasuda kitobga bo‘lgan mehrni oshiradi.
