
“Salom yoz – salom oromgoh”
Xiva tumani Axborot-kutubxona markazi xodimi tomonidan “Qaldirg‘och” bolalar oromgohida “Salom yoz – salom oromgoh” mavzusida kitobxonlik soati tashkil etildi. Unda bolalar sevimli kitoblaridan parchalar o‘qib berdilar, o‘qigan asarlari yuzasidan fikr almashdilar. Axborot-kutubxona markazi xodimi tomonidan yozgi ta’tilni mazmunli o‘tkazish, kitob mutolaasining ahamiyati hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish haqida suhbat olib borildi.
Tadbir davomida bolalar badiiy adabiyotlar bilan tanishib, o‘zlarining kitobxonlik qobiliyatlarini namoyish etdilar. Ushbu uchrashuv yosh avlodning ma’naviy dunyosini boyitish, kitobga bo‘lgan mehrni oshirish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.
