
«1-iyun- Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni» munosabati bilan Axborot-kutubxona markazida «Bolalar-tinchlik elchilari» mavzusida bayramona tadbir tashkil etildi. Tadbirda ishtirokchilar qiziqarli o`yinlar, viktorinalar, she`rxonlikda faol qatnashdilar.Tadbirning asosiy maqsadi bolalarning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlikni targ`ib qilish ularning ijobiy qobiliyatlarini qo`llab -quvvatlashdan iborat bo`ldi.Bolajonlar sevimli ertak qahramonlari haqida suhbatlashib, o`zlari o`qigan kitoblari yuzasidanfikr almashdilar.Bayram davomida bolajonarga ezgu tilaklar bildirilib, faol qatnashgan ishtirokchilar esdalik sovg`alari bilan taqdirlandilar.
