Kitobxonlik – yuksalish omili

Axborot-kutubxona markazi xodimlari «Qaldirĝoch» bolalar oromgohida yoshlar o’rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa orqali ularning bilim va tafakkurini boyitish maqsadida «Kitobxonlik – yuksalish omili» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida kitobning inson hayotidagi o’rni, mutolaaning shaxs kamolotiga ta’siri hamda kitobxonlikning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Yosh kitobxonlar o’qigan kitoblari yuzasidan taassurotlari bilan o’rtoqlashdilar.

Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar qalbida kitobga mehr uyg’otish, ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda mutolaa madaniyatini yanada rivojlantirishdan iborat bo’ldi.

Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirish, kitobxonlikni keng targ’ib qilish va barkamol avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi.

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Прокрутить вверх