Favqulodda Vaziyatlar Bòlimi xodimlari o‘rtasida kitobxonlik tanlovi bo‘lib o‘tdi

Favqulodda Vaziyatlar Bòlimi xodimlari o‘rtasida kitobxonlik tanlovi bo‘lib o‘tdi

Axborot-kutubxona markazi tomonidan Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari ishtirokida kitobxonlikni keng targ‘ib etish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda xodimlarning ma’naviy salohiyatini yuksaltirish maqsadida kitobxonlik tanlovi tashkil etildi.
Tanlov jarayonida kitobxonlar o‘zlari mutolaa qilgan badiiy asarlar yuzasidan savollarga javob berdilar, asarlarning mazmuni, g‘oyasi va qahramonlari haqida fikr almashdilar. Tadbir davomida kitob mutolaasining inson kamoloti, kasbiy faoliyat va ma’naviy barkamollikdagi o‘rni alohida ta’kidlandi.
Yakunda faol qatnashgan xodimlar munosib rag‘batlantirildi.

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Прокрутить вверх