
“Yoshlar – kelajak bunyodkori”
shiori ostida Xiva tuman axborot-kutubxona markazida “She’riyat – qalb taronasi” mavzusida she’rxonlik kechasi tashkil etildi.
Tadbirda
yosh kitobxonlar, o‘quvchilar hamda faol kitobsevarlar ishtirok etdi. Kechadan ko‘zlangan maqsad yosh avlod qalbida she’riyatga mehr uyg‘otish, kitob mutolaasi madaniyatini rivojlantirish, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish va ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi. 🌟📖
Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan Vatanga muhabbat, ona sifati, tinchlik, do‘stlik va insoniy qadriyatlarni tarannum etuvchi she’rlar ifodali o‘qildi. Shuningdek, o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyoti vakillarining ijod namunalari tinglovchilarga havola etildi. 🎤🕊
She’rxonlik kechasi davomida yoshlar she’riyatning inson qalbiga ta’siri, kitob mutolaasining ahamiyati hamda badiiy adabiyotning tarbiyaviy o‘rni haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. 💭📝
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil
