
Xiva tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassisi «Inson huquqlari-oliy qadriyat» mavzusida navbatdagi kitob targ`ibotini tashkil qildi. Kitobxonlarga inson huquqlari sohasiga oid huquqiy madaniyat demakratik qadriyatlar ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan tanishtirildi hamda ularni mutolaa qilish orqali kitobxonlar o`z huquqiy bilimlarni kengaytirishlari zarurligi takidlandi.Yangi adabiyotlar bilan tanishish insonning dunyoqarashini kengaytiradi, tafakkurini boyitadi va hayotga boshqacha nigoh bilan qarashga yordam beradi. Har bir yangi asar — bu yangi fikrlar, yangi g‘oyalar va yangi his-tuyg‘ular manbai. Kitob o‘qish orqali biz nafaqat muallifning qarashlarini anglaymiz, balki o‘zimizni ham chuqurroq tushuna boshlaymiz.
Zamonaviy adabiyotlar bugungi kun muammolari, inson ruhiyati va jamiyatdagi o‘zgarishlarni aks ettiradi.
