«Yosh tadbirkor – kelajak bunyodkori»

«Yosh tadbirkor – kelajak bunyodkori»

16 -iyul «Yosh tadbirkorlarni qòllab quvvatlash kuni» munosabati bilan Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan «Yosh tadbirkor – kelajak bunyodkori» mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbir doirasida AKM xodimlari hududda faoliyat yuritayotgan yosh tadbirkorlarning ish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Jumladan, «Safiya Market» rahbari Ro’zmetova Charos Xamro qizi faoliyati o’rganildi. Tadbirkor 2026 yilda o’z faoliyatini yo’lga qo’yib, aholiga sifatli xizmat ko’rsatib kelmoqda.

Shuningdek, «Xiva Standart» korxonasi rahbari Qurbonov Ravshanbek bilan uchrashuv o’tkazildi. Korxona 2019-yilda tashkil etilgan bo’lib, bugungi kunda ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasida samarali faoliyat yuritmoqda.

Bundan tashqari, «Xiva Tekstil» hamda «Rayyon Market» faoliyati bilan ham yaqindan tanishilib, tadbirkorlarning mehnati, tashabbuskorligi va erishayotgan yutuqlari haqida suhbat olib borildi.

Tadbir davomida yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, ularning biznes g’oyalarini qo’llab-quvvatlash, mehnatsevarlik va izlanish orqali muvaffaqiyatga erishish mumkinligi alohida ta’kidlandi. Uchrashuv ishtirokchilarda tadbirkorlikka bo’lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Прокрутить вверх