“Yangi adabiyotlar bilan tanishing”

Yangi adabiyotlar bilan targ‘ibot. Xiva tuman axborot-kutubxona  markazi xodimlari tomonidan tumandagi mahalla yoshlari bilan kitob targ‘iboti o‘tkazildi “Yangi adabiyotlar bilan tanishing” mavzusida tashkil etilgan kitob targ‘iboti yoshlarni zamonaviy adabiyotlar bilan tanishtirish, ularning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish va mutolaa madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Tadbir davomida yangi nashr etilgan badiiy, ilmiy-ommabop va ma’rifiy kitoblar haqida ma’lumot beriladi. O‘quvchilarga qiziqarli asarlar tavsiya etilib, ularning mazmuni, g‘oyasi va tarbiyaviy ahamiyati haqida suhbatlar o‘tkaziladi. Shuningdek, kitob ko‘rgazmalari tashkil etilib, yoshlar o‘zlari qiziqqan adabiyotlarni tanlab olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Bunday targ‘ibot tadbirlari yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishida muhim ahamiyatga ega. Zero, muntazam kitob o‘qigan insonning bilimi, tafakkuri va ma’naviy dunyosi boyib boradi.

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Прокрутить вверх