“Yangi O‘zbekiston mushoirasi” kitoblar ko‘rgazmasi.
«Farovon» mehmonxonasida “Yangi O‘zbekiston mushoirasi” mavzusidagi adabiy badiiy kecha bo‘lib o‘tdi .Tadbirda Xiva tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada o‘zbek shoir va adiblarining ijod namunalari, she’riy to‘plamlari hamda ma’naviy-ma’rifiy mazmundagi kitoblar namoyish etildi.
Tadbir davomida kitobxonlarga zamonaviy o‘zbek adabiyoti, she’riyatning inson ma’naviyatidagi o‘rni haqida qisqacha ma’lumot berildi. Ishtirokchilar she’r va kitoblar bilan tanishib, mutolaa qilishga da’vat etildi.
Kitobxonlar orasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, milliy adabiyotimiz va she’riyatga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish.
