O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganining 37 yilligiga bag‘ishlab
Xiva tuman madaniyat markazida “Ona tilim — faxrim, g‘ururim” mavzusida adabiy kecha bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida Xiva tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan ona tilimizni beqiyos ahamiyatini yoritishga qaratilgan «Ona tilim faxrim g‘ururim» mavzusida kengaytirilgan kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada o‘zbek tilining boyligi ,tarixi, go’zalligi va ma‘naviy qadriyatlarni aks etuvchi adabiyotlar joy oldi.
Tadbirda ona tilimizning milliy qadriyatlarimiz va ma’naviy merosimizdagi o‘rni, uning sofligini saqlash hamda kelajak avlodga yetkazishning ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Kecha davomida ona tiliga bo‘lgan hurmat va ehtiromni oshirish, yoshlar qalbida milliy g‘urur tuyg‘usini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir ishtirokchilarda ona tiliga muhabbat va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yanada yuksaltirishga xizmat qildi.
