Mutolaa olamidagi kitobxon millat.
Xiva tuman axborot-kutubxona markazida “Mutolaa olamidagi kitobxon millat” loyihasi asosida kitobxonlik targ‘iboti tashkil etildi.
Tadbirning maqsadi — aholining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlar o‘rtasida mutolaa ko‘nikmalarini shakllantirish hamda kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirishdan iborat.
Targ‘ibot davomida kitobning inson ma’naviyati va tafakkurini boyitishdagi o‘rni, kitobxonlikning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Ishtirokchilarni muntazam kitob o‘qishga va mutolaa orqali bilimlarini oshirishga chaqirildi.
Kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, ma’naviy barkamol va bilimli avlodni tarbiyalash muhim vazifa ekanligi ta’kidlandi.
