Xiva tumanida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning qobiliyati va qiziqishlarini ro‘yobga chiqarish, kitobxonlik madaniyatini hamda kasb-hunarga yo‘naltirish maqsadida ko‘rgazmali kompleks tadbir tashkil etildi.
Tadbir doirasida Xiva tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari ham kitoblar ko‘rgazmasi bilan ishtirok etdilar. Shuningdek, tadbir doirasida Davlat xavfsizlik xizmati Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i hamda Xorazm viloyati IIB boshlig‘ining yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Faol kitobxonlarga kitob sovg`a qilishdi Mazkur kun yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ijtimoiy faolligini oshirish, iste’dod va qobiliyatlarini namoyon etishlari uchun keng imkoniyat yaratishga xizmat qiladi.
