Xiva tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Xiva tumanida «Istiqlol»mahallasida «Mening mahallam-mening faxrim» shiori ostida madaniy sayllar bo‘lib o‘tdi.Mazkur tadbir kitob mutoolasini yuksaltirish,ularni sog’lom turmush tarzida jalb qilish uch avlod vakillari o‘rtasida birdamlikni mustahkamlash muhim qadam sanaladi.Ko‘chma kutubxonada «Uch avlod -uchrashuvi» bo‘lib o‘tdi.Uchrashuvda «Nuroniy «jamg’armasi bo‘limi hamda nuroniy otaxon — onaxonlar»Oqila ayollar» harakati a‘zolari qatnashdilar.Tadbirda yangi adabiyotlardan ko’rgazmalar tashkil qilinib bilimdon,kitobxon yoshlar bilan savol javoblar qilinib g’olib bo‘lgan kitobxonlarga sovg’alar taqdim etildi.
