
Xiva tuman axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan 1 -oktabr «Ustoz va Murabbiylar»kuni munosabati bilan «Ustozni e‘zozlagan saodatga erishur» mavzusida badiy musiqiy kecha bo‘lib o‘tdi. Kechani Xiva tuman axborot kutubxona markazi direkto‘ri M Ro‘zmetova ochib berdi. O‘z so‘zida aziz ustozlarni bayram bilan tabriklab mashaqqatli mehnatlarida sog‘lik kuch g‘ayrat tiladi. Kechaga faxriy o’qituvchi va murabbiy ustozlar taklif etildi. Kechada ustozlarni ulug’lovchi she‘rlar va kuy qo’shiqlar ijro etildi va ko’tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
