«Xalqaro qizlar kuni»

Xiva tuman axborot kutubxona markazida»Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz»shiori ostida 11 — oktyabr «Xalqaro qizlar kuni»munosabati bilan Xiva tuman Oila va xotin qizlarni qo’llab quvvatlash bo‘limi, kitobxonlar klubi a‘zolari bilan birgalikda «Davraga kel dugonajon» mavzusida badiy kecha bo‘lib o‘tdi.Millat davomchilari bo’lmish qizlarning ma‘rifatli ma‘naviyatli oqila va dono qilib tarbiyalash ilmu ziyoli qilib voyaga etkazish muhim masala.Zero bugun ta‘lim tarbiya olayotgan qizlar millatni ertasini belgilashda asosiy hal qiluvchi rol o’ynaydi.Shu bois millatimiz azal -azaldan qizlar tarbiyasiga ularning odob axloqiga yurish turishiga o’zini tutishiga alohida e‘tibor qaratib keladi.Tadbirda Xiva tuman Oila va xotin qizlarni qo‘llab quvvatlash bo‘limi boshlig‘i D Razzoqova va faxriy onaxon D Qutliyeva qizlarga o’zlarining foydali maslahatlarini berib qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar haqida so‘zlab o‘tdilar .

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Прокрутить вверх