“Kitob – bilim manbai”

Xiva tuman Axborot-kutubxona markazida “INFOLIB O‘ZBEKISTON-2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Kitob – bilim manbai” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda kitobsevar yoshlar, o‘qituvchilar hamda markaz xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni muntazam kitob o‘qishga rag‘batlantirish, shuningdek, o‘quvchilarda bilimga chanqoqlik va ma’naviy boylikka intilish tuyg‘ularini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.Faol kitobxonlar o‘qigan asarlari bo‘yicha fikr-mulohazalari tinglandi.

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Прокрутить вверх