
Xiva tuman axborot kutubxona markazida 1-dekabr «Xalqaro OITSga qarshi kurash» kuni munosabati bilan «OITS — XXI asr vabosi «mavzusida 5 — son maktabi ustoz va o‘quvchilari bilan birgalikda davra suxbati bo’lib o‘tdi.Tadbirda OITS kasalligi va uning qanday hollarda yuqishi ,nimalarga e‘tibor qaratilishi,dastlabki belgilari qanday hollarda qayerga murojaat qilish va davolash usullari haqida ma‘lumotlar berilib o’tildi.O‘smir yoshlarni ongini zaharlaydigan illatlarga berilmasligi va ularni kitob bilan do‘st bo‘lib kitobdan ma‘naviy ozuqa olib komil inson ,zukko,teran tafakkur sohibiga aylanadigan inson bo‘lib etishishlari haqida ko’rsatmalar aytib o’tildi.Tadbirda OITSga qarshi ko‘rgazma tashkil qilindi.
