10 — dekabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat  madhiyasining 33 yilligiga bag‘ishlangan «Dunyo uzra yangrayvergin madhiyam»

Xiva tuman axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan  10 — dekabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat  madhiyasining 33 yilligiga bag‘ishlangan «Dunyo uzra yangrayvergin madhiyam» mavzusida davra suhbati bo’lib o‘tdi. Davra suhbati  madhiyamizni kuylash bilan boshlandi.Kitobsevar yoshlar madhiyaning yaratilishi va uni kuyga  solib ijro qilinishi haqidagi ma‘lumotlarga ega bo’ldilar.Jahon arenalarida ko‘klarga ko’tarilgan yurtimiz bayrog’i uzra jo‘r bo‘lgan madhiyamiz yangraganda yuragimizda g’urur va iftixor  tuyg’ulari  jo‘sh urib shu yurt farzandi ekanligimizdan faxrlanamiz.

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Прокрутить вверх