«Vatan himoyasi -muqaddas burch»

Xiva tuman Axborot-kutubxona markazida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan «Vatan himoyasi -muqaddas burch» mavzusida ma`naviy- ma`rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda IIB xodimlari,yoshlar hamda AKM xodimlari ishtirok etib, Vatanga sadoqat, jasorat,fidoiylik kabi yuksak fazilatlar haqida fikr almashildi. Harbiylarimiz hamda IIB xodimlarining mardligi, matonati va xalq oldidagi ma`suliyatlari yoshlarga ibrat sifatida tagdim etildi. Shuningdek, Vatan himoyachilarining sharafli xizmat yo`li, tinchlikni asrash yo`lidagi burchlari haqida suhbatlar o`tkazilib, mavzuga oid kitoblar ko`rgazmasi namoyish etildi.Mazkur tadbir yosh avlod qalbida Vatanparvarlik tuyg`ularini mustahkamlash, Vatan himoyachilariga, shu jumladan IIB xodimlariga bo`lgan hurmat va ehtiromni yanada oshirishga xizmat qildi.Tadbir so`ngida IIB xodmlari kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar va kitob fondi,ko`rsatilayotgan xizmatlar hamda o`quv zallari bilan tanishtirildi.

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Прокрутить вверх