
Axborot-kutubxona markazida buyuk mutafakkirlar — Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti hamda ijodiga bag‘ishlangan “Ikki buyuk siymo” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda yosh kitobxonlar, ustozlar hamda AKM xodimlari faol ishtirok etdilar.
Tadbir jarayonida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning adabiyot, tarix va ma’naviyat rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Sahna ko‘rinishlari, badiiy chiqishlar,ĝazal va ruboiylardan buyuk siymolarning hayoti va ijodi jonli tarzda namoyish etildi.
Shuningdek, tadbir doirasida tashkil etilgan kitoblar ko‘rgazmasida ikki buyuk siymoga oid badiiy, ilmiy va tarixiy asarlar o‘rin oldi. Ko‘rgazma ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otib, ularni mutolaaga chorladi.
Mazkur tadbir yosh avlod qalbida milliy qadriyatlarga hurmat, buyuk ajdodlarimiz merosiga sadoqat va kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirishga xizmat qildi. Tadbir mazmunli, qiziqarli va ko‘tarinki ruhda o‘tdi.
