Matnazar Abdulhakim ijodiga bag‘ishlangan umumta’lim maktab o‘quvchilari ishtirokida insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi

Xiva tuman Axborot – kutubxona markazida Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda biz o‘zbek adabiyotining iste’dodli namoyandalaridan biri — Matnazar Abdulhakim ijodiga bag‘ishlangan umumta’lim maktab o‘quvchilari ishtirokida insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda o‘quvchilar tomonidan 2 shart asosida yani insho va sherxonlik boyicha bellashdilar. Insho yozishda adibning ijodi — bu teran tafakkur, milliy ruh va inson qalbining nozik kechinmalarini o‘zida mujassam etgan bebaho xazina ekanligini yozgan inshosi orqali namoyon qilishdilar. She’riyat bo‘yicha uning asarlarida Vatanga muhabbat, insoniylik va ma’naviy poklik g‘oyalari yetakchiligini she’rlari orqali ifodalab berdilar. Tanlov yakunida hakamlar hayati tomonidan ishtirokchilarning bilim saviyasi, nutq madaniyati va ijro mahorati baholandi. Natijalarga kora 14-42 maktab oquvchilari g`olib deb topildi.

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Прокрутить вверх