«Kitobxon onalar ma‘rifati»

Xiva tuman axborot kutubxona markazida «Kitobxon onalar» loyihasi asosida «Kitobxon onalar ma‘rifati» mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Kitobxon ona N.Salayeva oilada farzandlar tarbiyasida kitobxonlikning o‘rni haqida gapirib o‘tdi.Oila jamiyatning bir bo’g’ini bo‘lib,har bir inson dastlabki tarbiyani ma‘naviy ozuqani oiladan ota onadan oladi. Keyin esa maktab ostonasiga qadam qo’yadi.Jamoada qanday o’zini tutishni o’rganadi.Ma‘naviy ozuqa olishning ,chin inson bo‘lib erishishning poydevori kitob mutoolasidir.Inson kamoloti va bilimning manbai kitob bilan bog’liq.Bu ma‘naviy sarchashma farzandlarimizning dunyoqarashini boyitadi,nutqni o‘stirib ,xotirasini mustahkamlaydi.Kitob maslahatchi,sadoqatli hamroh.Kutubxonada kitobxon ona kitobxon bolalarga kutubxona xizmati ko‘rsatildi.

Прокрутить вверх