“Mening sevimli kitobim” mavzusida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

Xiva tuman Axborot-kutubxona markazida “Infolib O‘zbekiston – 2025” XIV milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida yoshlar o‘rtasida “Mening sevimli kitobim” mavzusida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarning bilim doirasini kengaytirish, ularning mantiqiy fikrlash, jamoada ishlash va tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.

O‘yinda ishtirokchilar turli sohalarga oid savollarga javob berishdi, qiziqarli savol-javoblar, fikr almashuvlar orqali o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Tadbir jarayonida muhit iliq va do‘stona ruhda kechdi.

G‘olib jamoalar va faol ishtirokchilar Axborot-kutubxona markazi tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Прокрутить вверх