
Xiva tuman Axborot-kutubxona markazida jamiyatda ayollar va erkaklar uchun «Gender tenglik -taraqqiyot kafolati» mavzusida tadbir bo`lib o`tdi. Tadbirda o`qituvchilar, mahalla vakillari, yoshlar hamda kutubxona xodimlari ishtirok etib, gender tenglikning jamiyat taraqqiyotidagi, o`rni oiladagi ma`suliyat taqsimoti, ayollarning ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirish kabi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar. Tadbirning asosiy maqsadi- aholida gender madaniyatni shakllantirish, ayol va erkakning teng huquqli jamiyatdagi o`rnini keng targ`ib qilish, oilada sog`lom va adolatli munosabatni mustahkamlashga ko`maklashishdir.
