Nuroniy otaxonlar

Xiva tuman Axborot-kutubxona markaziga nuroniy otaxonlar tashrif buyurib kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ular uchun mazmunli suhbatlar va kitob tanishtiruvi tashkil etildi. Ular kitoblar bag`rida iliq xotiralar va samimiy suhbatlar bilan ma`naviy hordiq chiqardilar. Shuningdek,ularning hayotiy tajribalari, ibratli xotiralari tinglanib, yoshlar tarbiyasida qariyalar donishmandligining beqiyos ahamiyati alohida ta`kidlandi.Nuroniy otahonlarimiz Axborot-kutubxona faoliyatiga ijobiy baho berib, tashkilotchilarga o`z minnatdorchiliklarini bildirdilar. Ushbu tashrif nuroniylar uchun ma`naviy hordiq, AKM jamoasi uchun esa katta mas`uliyat va faxr bo`ldi.

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Прокрутить вверх