“Kitobxon onalar ma’rifati”

Xiva tuman Axborot-kutubxona markazida “Kitobxon onalar ma’rifati” mavzusida davra suhbati bòlib òtdi.  Bu esa yosh avlodda ilmga, kitobga bo‘lgan mehrni uyg‘otadi. Kitob o‘qigan ona — fikrlashi teran, ma’naviyati yuksak, jamiyatda barqarorlikni ta’minlay oladigan avlodni tarbiyalaydi.
Kitobxonlik orqali insonning tafakkuri kengayadi, nutqi ravonlashadi, hayotga bo‘lgan qarashi boyiydi. Onalar kitob mutolaa qilishni odat qilsa, farzandlar ham bu ezgu an’anani davom ettiradi. Natijada oilada sog‘lom ma’naviy muhit shakllanadi, jamiyatda esa bilimli va ongli avlod voyaga yetadi.
Shu bois, kitobxon onalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni mutolaaga jalb etish, oilaviy kitobxonlikni targ‘ib qilish — bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Прокрутить вверх