
Xiva tuman Axborot kutubxona xodimlari “Yo‘l-yo‘lakay” loyihasi asosida aholining kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida kitob targ‘iboti ishlari olib borildi. Jarayon davomida fuqarolarga turli badiiy va ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar tavsiya etilib, kitob mutolaasining inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida qisqacha ma’lumotlar berildi. Bu kabi targ‘ibot ishlari kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
