«Sohibqiron- Amir Temur»

Xiva tuman Axborot-kutubxona markazida buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan «Sohibqiron- Amir Temur» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi yoshlar qalbida milliy g‘urur, tarixiy xotira va ajdodlar merosiga hurmat tuyg‘ularini shakllantirishdan iborat bo‘ldi. Davra suhbatida ishtirokchilar Amir Temurning hayoti, davlat boshqaruvidagi faoliyati, harbiy san’ati hamda uning jahon tarixidagi o‘rni haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Tadbir davomida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etilib, unda Amir Temur hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan asarlar namoyish etildi. Ishtirokchilar tomonidan ushbu kitoblardan parchalar o‘qilib, muhokamalar olib borildi.
Davra suhbati jarayonida yoshlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi hamda ajdodlar merosini o‘rganishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Прокрутить вверх