«Ilmli ayol – kuchli jamiyat»

«Ilmli ayol – kuchli jamiyat»
shiori ostida Xiva tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan «Qadr ayoldan boshlansa, qadrimiz yanada baland bo’ladi» mavzusida Madaniyat saroyida kitob ko’rgazmasi tashkil etildi.

Ko’rgazmada ayollarning ilm-fan, ta’lim, madaniyat va jamiyat taraqqiyotidagi o’rnini yoritgan adabiyotlar, mashhur olim va ma’rifatparvar ayollar hayoti hamda faoliyatiga bag’ishlangan kitoblar namoyish etildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga ilmli va ma’rifatli ayol oilaning tayanchi, jamiyatning kuchi ekanligi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, yosh qizlarni bilim olishga, kitob mutolaasiga va o’z ustida muntazam ishlashga undovchi tavsiyalar berildi. Ko’rgazma kitobxonlarda ilm-ma’rifatga intilish, ayollarning jamiyatdagi o’rniga hurmat bilan qarash va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qildi.

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Прокрутить вверх