Mutolaa mahorati

Mutolaa mahorati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir
Arda Xivada o‘tkazilayotgan “Oydin gurunglar” xalqaro ijodiy forumining ikkinchi kunida “Mutolaa mahorati” mavzusida shoirlar bilan  ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda yoshlar o‘rtasida kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilar kitobning inson ma’naviyati, tafakkuri va dunyoqarashini boyitishdagi ahamiyati haqida fikr almashdilar.
Tadbir davomida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, yoshlarni muntazam mutolaa qilishga undash va kitobga mehr uyg‘otish muhim vazifa ekanligi ta’kidlandi.

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Прокрутить вверх