«Ona siymosi-mehr manbai»

Xiva tuman Axborot-kutubxona markazida «Ayollarni e’zozlash oyligi» doirasida o‘tkazilgan «Ona siymosi-mehr manbai» mavzusida rasmlar tanlovi bòlib òtdi. Mazkur tanlovda maktab o‘quvchilari va talaba yoshlar faol ishtirok etdilar. Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad – ona siymosini ulug‘lash, mehr-muhabbat, sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini yoshlar qalbiga singdirishdan iborat bo‘ldi.
Ishtirokchilar o‘z rasmlarida onaning mehribonligi, sabr-toqati, farzandiga bo‘lgan cheksiz muhabbati va oiladagi o‘rnini tasvirladilar.Mazkur tanlov barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlab, ona siymosining naqadar ulug‘ va muqaddas ekanini yana bir bor namoyon etdi

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Прокрутить вверх