
Xiva tuman axborot-kutubxona markazida » Xalqaro bolalar kitobi kuni» munosabati bilan bolalarning sevimli adibi ayniqsa bolalar uchun sehrli ertaklari bilan tanilgan dunyoga mashhur Daniyalik yozuvchi va ertakchi Hans Kristian Andersen tavalludining 221 yilligiga bag‘ishlab «Kitob bolalar dunyosining mo‘jizasi»mavzusida ma‘naviy ma‘rify tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir jarayonida yosh kitobxonlarga yozuvchining hayoti va ijodi haqida ma‘lumotlar berildi. Hans Kristian Andersen 150 dan ortiq ertak yozgan . Uning mashhur ertaklari (Kichik suv parisi),(Qor malikasi )ertaklari haqida kitobxonlar qiziqish bilan so’zlab berdilar .Tadbirdan maqsad yosh avlodni kitob o’qishga qiziqishlarini oshirish va ertaklardagi yomonlik va yaxshilik haqidagi tushunchalar haqida ma’lumotlarga ega bo’ldilar Andersen asarlari chuqur ma’no,insoniy his-tuyg‘ular va hayot saboqlari bilan ajralib turadi.
