“Ayol baxtli bo‘lsa – jamiyat baxtli bo‘ladi”

Xiva tuman Axborot-kutubxona markazida 15- fevraldan 15-martgacha «Ayollarni e’zozlash oyligi» munosabati bilan “Ayol baxtli bo‘lsa – jamiyat baxtli bo‘ladi” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda mahalla faollari, nuroniy onaxonlar, xotin-qizlar hamda yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida ayolning jamiyatdagi o‘rni, oiladagi mas’uliyati, farzand tarbiyasidagi beqiyos hissasi haqida so‘z yuritildi. So‘zga chiqqanlar ayol – mehr va muhabbat timsoli, oilaning tayanchi, jamiyatning mustahkam poydevori ekanini alohida ta’kidladilar.
Shuningdek, faol va namunali onaxonlar, jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan xotin-qizlar munosib taqdirlanib, tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir samimiy ruhda, ochiq muloqot tarzida o‘tdi.
Mazkur uchrashuv barchada katta ta’assurot qoldirib, ayollarga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yanada mustahkamladi.

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Прокрутить вверх