
Xiva tuman Axborot-kutubxona markazida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan «Ayol-mehr va fidoiylik timsoli» mavzusida “Balli qizlar” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi qizlarning iqtidorini namoyon etish, ularning bilim va salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, bayram munosabati bilan ko‘tarinki kayfiyat ulashishdan iborat bo‘ldi.
Tanlovda faol va iqtidorli qizlar ishtirok etib, o‘z qobiliyatlarini turli shartlar orqali namoyish etdilar. Tanlov 4 ta shart asosida o‘tkazildi.
Tanlov yakunida hakamlar hay’ati tomonidan barcha shartlar bo‘yicha ishtirokchilar baholanib, eng faol va iqtidorli qizlar g‘olib deb topildi hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Bunday tadbirlar yoshlarning faolligini oshirish, ularning qobiliyatlarini yuzaga chiqarish hamda milliy qadriyatlarimizni targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
