
“Bilag‘on bolajon” – bilimlar bellashuvi
Xiva Gulshani bolalar oromgohida Xiva tuman Axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Bilag‘on bolajon” mavzusida bilimlar bellashuvi tashkil etildi . Tadbirda oromgoh tarbiyalanuvchilari faol ishtirok etib, turli mavzulardagi savollarga javob berdilar . Ishtirokchilar o‘zlarining bilimdonligi, hozirjavobligi va topqirliklarini namoyon etdilar .
Tadbir davomida bolalarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish , ularni mutolaaga jalb etish hamda dunyoqarashini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi . Tadbir yakunida kitobxonlar kutubxonaga a’zo qilindi.Qiziqarli va mazmunli o‘tgan tadbir bolalarda katta taassurot qoldirdi .
