Xiva tuman Qaldirg‘och bolalar oromgohi

Xiva tuman Qaldirg‘och bolalar oromgohiga Xiva tuman axborot kutubxona markazi xodimi «Sportni sev, sport bilan yasha» mavzusida sport mashg‘uloti o‘tkazdi.
Sport – inson hayotining ajralmas qismi bo‘lib, u sog‘lom turmush tarzining asosini tashkil etadi. “Sportni sev, sport bilan yasha” degan ibora insonni har doim harakatda bo‘lishga, o‘z sog‘lig‘iga e’tibor berishga undaydi. Chunki sog‘lom tanada sog‘lom aql bo‘ladi.
Sport bilan muntazam shug‘ullanish tanani chiniqtiradi, yurak-qon tomir tizimini mustahkamlaydi va insonni bardam qiladi. Ayniqsa, yoshlar uchun sport juda muhim, chunki ularning jismoniy rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi. Sport insonda intizom, sabr-toqat va irodani shakllantiradi.

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Прокрутить вверх