“Vatanparvarlik – oliy burch»

Vatanparvarlik – oliy burch«

Xiva tuman Axborot-kutubxona markazida yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va yurt taqdiriga daxldorlik ruhida tarbiyalash maqsadida “Vatanparvarlik – oliy burch” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar Vatan ravnaqi uchun fidoyilik, yurt tinchligini asrash, ajdodlar merosiga munosib bo‘lish va mustaqillik ne’matini qadrlash har bir fuqaroning muqaddas burchi ekanligini ta’kidladilar. Tadbir ishtirokchilari mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning bilim olish va o‘z salohiyatini namoyon etishlari uchun yaratilgan sharoitlar haqida fikr almashdilar

Tadbir davomida mavzuga oid adabiyotlar tavsiya etilib, Vatanimiz tarixini, buyuk ajdodlarimizning jasorati va fidoyiligini aks ettiruvchi kitoblar ko‘rgazmasi namoyish etildi. Davra suhbati yoshlarning vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Прокрутить вверх