
«Sog‘lom turmush tarzi» 🏃♂️
Xiva tuman Axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan Madaniyat markazida tadbir bo`lib o`tdi . Tadbir doirasida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etilib, yoshlar mutolaaga keng jalb qilindi.
Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi. Tadbir qizg‘in savol-javoblar va tavsiyalar bilan yakunlandi.
